Latviyada oliy taʼlim tizimi:

Ko'rilgan: 292908

Latviya hayot:
- Latviya tabiiy go‘zal mamlakat bo‘lib, o‘zining tarixiy maskanlari, musiqiy va madaniy hayoti, arxitekturasi bilan Jahon merosiga kiritilgan. Riga mamlakatning poytaxti, Latviyada turizm va taʼlim ancha rivojlangan. Latviyaga boruvchi har bir xalqaro talabalar va turistlarga mamlakat yaxshi sharoitlar qilib bergan. Xalqaro talabalar uchun transport vositalariga 50 % chegirma mavjud. Rigada metro yo‘q talabalar asosan jamoat transportida avtobus va trolleybusda yurishadi. Talabalar part-time qilib ishlashlari mumkin, haftasiga 20 –soat qonuniy etib belgilanib qo‘yilgan. O‘qishdan tashqari bir vaqtda xalqaro talabalar bilan do‘stlashib talabalar bemalol ishlash mumkin. O‘z xarajatlarini bemalol qoplay oladi, yeb ichish yashash sharoitlari ancha yengil. Latviya Shengen zona bo‘lganligi uchun o‘zidan tashqari 27 – ta davlatda sayohat qilib taʼtil vaqtida ishlash ham mumkin osha davlatlarda. Latviya taʼlimi va universitetlari:

- Latviya taʼlim borasida rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi, xalqaro talabalarga o‘qish va ishlash uchun mamlakat yaxshi sharoit yaratib bergan. Universitetlar davlat va xususiy bo‘lib asosan ko‘pchiligi Riga shahrida joylashgan, Universitet va yashash o‘qish kampuslari turli joyda bo‘lganligi uchun o‘qish vaqtida bemalol shaharni sayohat qilib chiqish mumkin. Universitet talablari asosan IELTS hamda shahodatnoma yoki diplom baholarining % qancha yuqori bo‘lsa o‘zi uchun yaxshi. Latviyada – Latviya universiteti, Riga Technisal universitet, hamda ISMA universitetlari dunyo bo‘yicha top ga kirgan ancha mashhur va taʼlim yuqori sifatda beriladi. Bakalavr va magistratura o‘qib o‘z sohangiz bo‘yicha universitetda yoki Latviyada qolib ishlasangiz bo‘ladi. Latviyada Ekonomika, iqtisodiyot, elektr energiya, Meditsina, It va telekommunikatsiya ancha rivojlangan va shu bo‘yicha fanlar chuqurlashtirilgan tarzda bo‘ladi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!