Ba'zan bitta qaror butun hayotingiz yo'nalishini o'zgartirib yuboradi. Agar siz ham xalqaro miqyosda tan olingan diplom, kuchli bilim va yangi imkoniyatlar dunyosi haqida orzu qilsangiz — Amerika Qo'shma Shtatlari, aniqrog'i Boston shahri sizni kutmoqda.
Boston — nafaqat AQShning eng qadimiy shaharlaridan biri, balki dunyodagi eng yirik talabalar shahri hamdir. Garvard, MIT kabi nomdor o'quv dargohlari joylashgan ushbu shaharda UMass Boston davlat universiteti sifatida o'z o'rniga ega. QS World Ranking bo'yicha 951-o'rinni egallagan bu universitet talabalarga sifatli ta'lim, zamonaviy infratuzilma va xalqaro miqyosda tan olinadigan diplom taqdim etadi.
Agar siz:
demak, siz allaqachon Bostondagi yangi hayotingiz sari birinchi qadamni qo'yish uchun tayyorsiz!
Ta'lim narxi ko'pchilik uchun asosiy to'siq bo'lib qoladi. Ammo UMass Boston bu yo'lda sizga yordam qo'lini cho'zadi — iqtidorli talabalar uchun 5 000 dollargacha stipendiya ajratiladi. Bu imkoniyat nafaqat moliyaviy yukni yengillashtiradi, balki sizning bilim va harakatlaringiz munosib baholanayotganini ham anglatadi.
Chet elda o'qish jarayoni — hujjatlar tayyorlash, universitet tanlash, imtihonlarga tayyorgarlik va viza masalalari — ko'pchilik uchun murakkab tuyulishi mumkin. Aynan shu o'rinda World.uz jamoasi sizga ishonchli hamroh bo'ladi: har bir bosqichda professional maslahat, aniq yo'l xaritasi va samimiy yondashuv bilan yonimizda bo'lasiz.
Orzular kutish uchun emas, harakat qilish uchun beriladi. Agar siz ham AQShning nufuzli davlat universitetida tahsil olib, xalqaro tajriba orttirmoqchi bo'lsangiz — vaqtni behuda o'tkazmang.
Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun bugunoq World.uz mutaxassislari bilan bog'laning. Sizning kelajagingiz — bizning maqsadimiz!