Bitiruvchilarning eng katta orzularidan biri — chet elda o‘qish, lekin xarajatlar ko‘pchilikni to‘xtatadi. Aslida esa Italiyada o‘qish bu orzuni bepul yoki katta grant bilan amalga oshirish mumkinligini isbotlaydi!
Bilarmidingiz?
Italiyadagi davlat universitetlarida ta’lim asosan bepul, faqat foundation (tayyorlov) dasturi pullik bo‘ladi.
Har yili minglab xorijiy talabalar 7000–9000 yevrogacha stipendiya oladi.
Bu mablag‘ nafaqat kontrakt, balki yashash, ovqatlanish va transport xarajatlarini ham qoplaydi!
Eng mashhur grant – DSU (Right to Education) bo‘lib, u Italiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu dasturga hujjat topshirgan talabalar yiliga o‘rtacha 7000–9000 yevro stipendiya olishadi. Ayrim universitetlar esa bundan tashqari universitet ichki grantlarini ham taklif etadi.
Ta’lim sifati esa Yevropaning eng yuqori darajasida. Masalan, Politecnico di Milano, Sapienza University of Rome va University of Bologna kabi universitetlar xalqaro reytinglarda yetakchilar qatorida. Dasturlar ko‘plab yo‘nalishlarda — IT, arxitektura, dizayn, moda, biznes, muhandislik — ingliz tilida olib boriladi.
Talabalarga ruxsat etilgan yarim stavkali ish imkoniyati ham bor. Italiyada yashash uchun o‘rtacha €400–€600 yetadi, bu esa stipendiya oluvchilar uchun muammo emas.
Italiyada o‘qish — bu faqat diplom emas, bu san’at, tarix va kelajakni birlashtirgan tajriba.
Demak, agar sen orzuingni Yevropada amalga oshirmoqchi bo‘lsang, Italiya – eng to‘g‘ri tanlov!