2026-yil bahorgi qabullar Janubiy Koreyada faol davom etmoqda!

Ko'rilgan: 3956

Koreya universitetlari an’anaviy tarzda qabulni juda erta ochadi va erta yopadi. Shu sababli imkoniyatni boy bermaslik uchun arizani iloji boricha tez topshirish eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Aks holda ko‘plab TOP universitetlar kvotalari to‘lib, abituriyentlar kechikib qolishi mumkin.

Bahorgi semestr uchun asosiy qabul 2025-yil dekabr oxirigacha davom etadi. Talablar ham oddiy: IELTS kamida 5.5 (har bir bo‘lim 5.5 dan kam bo‘lmasligi shart), TOEFL — 75+, TOPIK esa — 3-darajadan boshlab qabul qilinadi. Ammo yuqori reytingdagi universitetlarga kirish uchun IELTS 6.5+, GPA esa 85%+ bo‘lishi katta ustunlik beradi.

Koreyada grant imkoniyatlari keng bo‘lib, natijalarga qarab talabalar 30–100% gacha stipendiya yutib olishlari mumkin. Bizning tajribamizda ayrim hamkor universitetlarimizda talabalar hatto 4 yillik to‘liq scholarship ham qo‘lga kiritgan. Kontrakt narxlari yo‘nalish va universitetga qarab farqlanadi — bahorgi semestr uchun o‘rtacha 1400–6000$ atrofida.

Talabalar uchun 1 oylik yashash xarajatlari 2026-yilda barqaror: yotoqxona $150–$350, ovqatlanish $180–$260, transport $30–$45 atrofida. Umumiy oylik budjet o‘rtacha $415–$745 bo‘ladi. Seul biroz qimmatroq bo‘lsa-da, Busan, Daegu va Incheon talabalarga ancha qulay narx taklif qiladi.

Agar siz Koreyada sifatli ta’lim, global muhit va kuchli grant imkoniyatlarini izlayotgan bo‘lsangiz, aynan hozir eng mos vaqt. Qancha erta topshirsangiz — imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi!



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!