Dunyo Iqtisodiy Forumi tomonidan taqdim etilgan Global Raqobatbardoshlik Hisobotiga ko‘ra, Finlyandiya oliy ta’lim va o‘quv dasturlari bo‘yicha eng innovatsion davlatlardan biri sifatida baholanadi. Shunday ekan, bu mamlakatda ta’lim olish va u haqida ko’proq ma’lumotag ega bo’lish barcha uchun qiziq
Har yili taxminan 31 000 xalqaro talaba Finlyandiyani o’qish uchun tanlaydi, u yerda ingliz tilida o‘qitiladigan 400 dan ortiq o‘quv dasturi mavjud. Ko’pchilik faqatgina Helsinkining kosmopolit muhitidan xabardor, lekin Tampera, Espoo, Kuopio, Oulu kabi shaharlar ham talabalar uchun ko’p imkoniyatlar yaratadi. Finlyandiyada 14 ta an’anaviy universitetlar bo’lib, ularning asosiy ustunligi shundaki, agar talaba bakalavringizni universitetda tugatsa, magistraturaga qayta ariza topshirmasdan avtomatik ravishda qabul qilinadi. Bu katta imkoniyat! Finlyandiyadagi Oulu Universiteti, LUT Universiteti, LAB amaliy fanlar universitetlari ham talabalar uchun juda ko’p dasturlar va imkoniyatlarni taqdim etadi
Yashash xarajatlari esa mamlakatga ko’ra farq qiladi. Agar siz Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududi fuqarosi bo‘lsangiz, jamoat universitetlarida kontrakt to‘lovi yo‘q. Agar siz Yevropadan tashqaridan bo‘lsangiz, o‘qish uchun yillik 5 000 dan 18 000 yevrogacha mablag‘ kerak bo‘ladi, bu dasturga bog‘liq. Finlyandiya qishning sovuq va qorli kunlari bilan mashhur. Lekin bu yerda yashovchilar mehribon va ochiqko‘ngil bo‘lib, madaniyatga moslashishni osonlashtiradi.
Finlyandiyada ishlash imkoniyatlari ham mavjud. Talim paytida: agar ish o‘z sohangiz bilan bog‘liq bo‘lsa yoki 25 soatdan oshmasa, ishlash mumkin. Ta’tillar paytida: cheklovlarsiz ishlash mumkin. Fin yoki shved tilini bilish ish topish imkoniyatlarini oshiradi. Ingliz tilida ish o‘rinlari mavjud, lekin ular soni cheklangan bo‘lishi mumkin. Bitiruvdan keyin ish topish uchun bir yilgacha yashash ruxsatnomasi olish mumkin. Ish topganingizdan keyin yashash ruxsatnomasini mehnat vizasiga o‘zgartirish mumkin.