Canadaga 10 – yillik turistik viza

Ko'rilgan: 60344

Canadaga 10 – yillik viza

 - Canada davlati hayoti sizga qiziqmi, mamlakatni to‘liq sayohat qilib uzoq muddat yashashga ehtiyojingiz bormi? Unda bu biz bilan oson va qulay. Canada davlati ko‘plab immigrantlarni qabul qilib boshlagani sababli hozirgi vaqtda viza chiqish ehtimolligi oshib bormoqda. Oilaviy sayohat qilishni xohlasangiz voyaga yetmagan farzandingiz uchun Canada bog‘cha va maktablarni tekin qilib joylashtirib qo‘yadi, albatta bu majburiy emas. O‘qimoqchi bo‘lsangiz bemalol o‘qish mumkin, ishlamoqchi bo‘lsangiz sizni darajangizga qarab har xil ish turlari mavjud, ish malakangizga qarab maoshlar belgilanadi. Xohlagan vaqtingiz O‘zbekistonga kelib ketishingiz mumkin. Canada sayohat qilish uchun eng go‘zal mamlakat hisoblanib jonli tabiati va ko‘rkam tog‘lar daryolari bilan mashhur. Tarixiy manzaralarni ko‘rish shahar hayotini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz Toronto, Montreal, Vansouver kabi shaharlarga borish yetarli. Barchaga mashhur bo‘lgan qutb yog‘dusi ham Canada tog‘lari va tabiatida yaqqol mujassam bo‘lgan. Canada har bir kelgan turistga biror nimani taklif qiladi, muzeylar, milliy parklar, qorli havolar, keng bo‘lgan dengiz va okeanlar, Canadadgi tabiiy jonli go‘zallik butun dunyodagi turistlarni o‘ziga jalb qilib keladi.
 

 Canada hayoti:-
 Canada shimoliy Amerika Qitʼasida joylashgan. Hududi jihatidan dunyodagi eng katta davlatlardan biri, shuning bilan birgalikda Canada dunyoning eng boy davlatlaridan hisoblanadi. Aholisi taxminan 37 – million kishidan iborat. Canadada tibbiyot, taʼlim, sanoat, IT yaxshi rivojlangan. Canada aholisining 80% ni immigrantlar tashkil qiladi. Canadaning davlat immigratsion qo‘mitasi  2025 – yilgacha 421 ming immigrantlarni qabul qilishni rasmiy eʼlon qilgan. Canada hukumati taʼlimga juda katta eʼtibor beradi, Canada yuqori taʼlim tizimga ega. Canada aholisining qariyb 55 % oliy maʼlumotga ega. Ayniqsa chet davlatlardan keladigan talabalarni Canada hukumati xar tomonlama qo‘llab quvvatlaydi. Canadada oliy taʼlim olish AQSH ga qaraganda uch barobar arzon, ko‘plab Xitoylik, Hindistonlik va Fransiyalik yoshlar oliy taʼlimni Canada oliygohlarida olishni xohlashadi. Canadaliklar odatda juda mehnatsevar va xushmuomila bo‘lishadi. Canadada turmush darajasi juda yuqori, Canadada mehnatingizga munosib ish haqqi beriladi. O‘rtacha ish haqqi 3600 Canada dollari. Canadani sovuq ob – havosini hisobga olmasangiz, yashash uchun qulay davlat hisoblanadi. Canadada ishchi kuchlar yetishmaydi. Aholining uzoq umr ko‘rishi ham juda yuqori.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!