Kanada bugungi kunda xalqaro talabalar uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biridir. Statistikaga ko‘ra, mamlakatda 800 mingdan ortiq chet ellik talaba tahsil olmoqda. Kanada universitetlari sifatli ta’limi, global darajadagi diplomlari va immigratsiya imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Quyida Kanadada o‘qishni rejalashtirayotgan talabalar uchun eng muhim ma’lumotlarni keltiramiz.
Kontrakt narxlari
Bakalavr dasturlari uchun yillik kontrakt odatda 15 000–25 000 CAD atrofida.
Magistratura dasturlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 13 000–20 000 CAD.
Tibbiyot, muhandislik va biznes kabi yo‘nalishlarda narx yuqoriroq – yiliga 30 000 CAD gacha bo‘lishi mumkin.
Yashash xarajatlari
Talabaning o‘rtacha bir oylik xarajati 1 000–1 500 CAD ni tashkil etadi.
Bunga ijarada yashash, oziq-ovqat, transport va boshqa ehtiyojlar kiradi.
Viza uchun talab qilinadigan minimal mablag‘ – 10 000 CAD (bir yil yashash uchun blocked account yoki bank hujjati ko‘rinishida).
Ishlash imkoniyatlari
Talabalar haftasiga 20 soatgacha rasmiy ishlash huquqiga ega.
Ta’til davrida (yozgi va qishki ta’tilda) to‘liq stavkada ishlash mumkin.
Soatlik ish haqi o‘rtacha 15–18 CAD. Bu ko‘plab talabalar uchun yashash xarajatlarini qoplashga yordam beradi.
Semestr davomiyligi
Yiliga 2 ta asosiy semestr mavjud: kuz (sentyabr – dekabr) va qish/bahor (yanvar – aprel).
Ayrim universitetlarda yozgi kurslar ham taklif etiladi.
Viza va qabul ko‘rsatkichlari
Kanadada ta’lim olish uchun Study Permit olinadi.
IELTS talablari dasturga qarab farq qiladi, lekin ko‘pincha 6.0–6.5 dan past bo‘lmasligi kerak.
World.uz orqali hujjat topshirgan talabalar orasida viza ko‘rsatkichlari 90–95% ni tashkil etadi.
Xulosa: Kanada nafaqat sifatli ta’lim va xalqaro tan olinadigan diplom, balki o‘qish davomida ishlash, tajriba orttirish va kelajakda immigratsiya qilish imkoniyatlarini ham beradi.