Chet elda o’qish: reja tuzishdan boshlang | Worlduz

Ko'rilgan: 1948

1. Maqsadingizni belgilang
Qaysi yo’nalishda o’qimoqchisiz? Qaysi davlatda? Nega aynan o’sha joyni tanladingiz? Bu savollarga qog’ozda javob bering. Yozib qo’yilgan niyat ongda aylanib yurgan fikrdan ancha ravshan bo’ladi.
2. Imkoniyatlarni taqqoslang
Ta’lim darajasi, o’qish narxi, yashash sarf-xarajatlari, grantlar va til muhitini o’zaro solishtiring. Jadvalga kamida 3–5 ta oliygohni kiriting.
3. Til darajasi va hujjatlar
IELTS, TOPIK yoki HSK kabi til sertifikatlariga bir kechada erishib bo’lmaydi, shu sabab tayyorgarlik uchun vaqtni oldindan rejalashtiring. Pasport, diplom tarjimasi, motivatsion xat va tavsiyanomalar uchun alohida ro’yxat tuzing.
4. Xarajatlarni hisoblab chiqing
O’qish to’lovi, yotoqxona yoki ijara uyi, oziq-ovqat, yo’l kiralari, sug’urta va viza uchun to’lov. Har bir band yoniga taxminiy summani yozing, umumiy hisobga esa 10–15% qo’shimcha mablag’ qo’shib qo’ying.
5. Sanalar jadvalini tuzing
Hujjat qabul qilish muddatlari, grant natijalari va viza uchun navbat har yili o’zgarib turadi. Ularni rasmiy veb-saytlardan aniqlab, kalendaringizga kiriting.
6. Tajribasi borlardan so’rang
U yerda o’qiyotgan yoki o’qishni tugatib qaytgan talabalarning gaplari hech bir e’londa yozilmagan jihatlarni ochib beradi. Savollaringizni oldindan tayyorlab oling. Biroq hujjatlar, viza va universitet tanlovi kabi mas’uliyatli bosqichlarda “chumchuq so’ysa ham qassob so’ysin” maqoliga amal qilgan ma’qul: bu ishlarni tajribali mutaxassislar, ya’ni Worlduz jamoasiga topshiring.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!