Polshada taʼlim afzalliklari:
- Polsha davlati Yevroittifoqga kiradi, va oladigan diplomingiz International boladi, Yevropada ishlab qoluvchilar uchun juda yaxshi imkoniyat chunki diplom Yevropa bo‘yicha o‘tadi, ish topish ham yaxshi. Polshada xalqaro dasturlar ko‘p misol uchun – Double degree, Erasmus+ dasturlariga qatnashish mumkin. Boshqa davlatga o‘qishini ko‘chirishingiz 2+2 yoki 1 -semestr o‘qib kelish imkoniyatlari bor. Polshada baʼzi universitetlar IELTS sertifikatisiz talabalarni qabul qiladi, Ingliz tilini bilasiz lekin sertifikat yo‘q bunda ichki imtihon orqali talaba bo‘lasiz. Talabalar til bilish darajasiga qarab ishlashi mumkin, pochta, yetkazib berish, kafe, restoran, muzqaymoq sotish, ishlab chiqaruvchi sexlarda ishlashi mumkin. Haftasiga 20-soat ishlash huquqi berilgan soatiga 8-9 EURO topadi. Talabaning 1 – oylik xarajatlari 350-400 euroni tashkil qiladi. Yevropa hududi bo‘lganligi uchun taʼtil vaqtida Shengen zonaga kiruvchi davlatlarda ham ishlash huquqi bor haftasiga 40-soat bunda o‘sha davlatning beriladigan maoshiga ko‘ra pul topsa bo‘ladi. Taʼtil vaqtida 26 ta davlatda sayohat qilish imkoningiz ham bor.
Polsha universitetlari:
- Vistula, university of Lodz, UEM, university of Esonomiss and Human Sciences, Varsav university of technology, Lazarski university shu kabi universitetlarda jahon standartlariga javob beradigan taʼlim olishingiz mumkin. Ushbu universitetlarda Management, Economics, Finanse, International relations kabi fakultetlarda taʼlim olishingiz mumkin. Universitet kontraktlari 2500-4500 Eurogacha 1 – yillik kontrakt to‘lovlari. Universitetda qulay sharoitlarga ega yotoqxona mavjud. Universitetga eng kamida 5,5 IELTS bilan topshirsa bo‘ladi, agarda IELTS bo‘lmasa ichki imtihon orqali ham talaba bo‘lsangiz bo‘ladi. Professional o‘qituvchilar tomonidan yuqori darajadagi bilim olishingiz mumkin. Xalqaro talabalar bilan do‘stlashib vaqtingizni unumli o‘tkazing, va Yevropada eng zo‘r tajribalarni qo‘lga kiriting.