Koreyada eng arzon va top universitetlar.

Ko'rilgan: 313781

    Koreyada top universitetlar:
- Seoul Milliy Universiteti - Koreyaning Seoul shahrida joylashgan, kontrakti arzon sifatli taʼlim beruvchi jahonning top reytingdagi universitetlar qatoridan joy olgan. Universitet Koreya bo'yicha 1 - o‘rinda, dunyo reytingi bo‘yicha 37 – o‘rinda turadi. Universitet talablari TOPIK 3 yokida IELTS 6 bo‘lsa bemalol topshirsangiz bo‘ladi. Kontrakt to‘lovi 2000-2500$ semestriga, universitet 30-100% gacha scholarship beradi. - Pusan milliy universiteti – Koreyaning Pusan shahrida joylashgan dunyo reytingi bo‘yicha 580 - 590 o‘rinda Koreya bo‘yicha 12 – o‘rinda turadi. Topikdan 4 dan yuqori bo‘lsa grant yutish ehtimoli yaxshi bo‘ladi, umumiy 1 semestrga kontrakti 1700 – 1800$. - Chonbuk milliy universiteti dunyo bo‘yicha 590 – 600 o‘rinda, Koreya bo‘yicha 18 – o‘rinni egallagan. Universitetda grant dasturlari mavjud, grant har semestrda alohida chiqadi. - Chonnam milliy universiteti – dunyo reytingi bo‘yicha 700-750 o‘rinda Koreya bo‘yicha 22 – o‘rinda turadi. Kontraktlari 1600-2000$ gacha, grant dasturlari mavjud.- Chungnam milliy universiteti dunyo reytingi bo‘yicha 750 – 800 o‘rinda, Koreyada 26 – o‘rinda turadi. Kontraktlari 1500 – 2000$ gacha, TOPIK yoki IELTS bilan qabul qiladi.

 

Universitetlarga kirish va grantlar yutib olish:
Koreyada universitetlarga kirish uchun til sertifikati talab qilinadi, agarda Koreys tilida o‘qishni istasangiz TOPIK 3 sertifikati kerak bo‘ladi, ingliz tilida o‘qish uchun IELTS kamida 5,5 talab qilinadi. Tanlagan universitet va yo‘nalishga qarab talablar o‘zgaradi. baʼzi universitetlarda intervyu bo‘ladi bu intervyu talabani qabul qilish va grant berish uchun bo‘ladi. Grant uchun asosiy talablar IELTS yoki Topikni balandroq olish va GPA ning yuqori % da ekanligi muhim. Koreyada barcha universitetlarda 30% dan 100% gacha scholarship ajratiladi va o‘zingizning darajangizga moslab grant yutib olish mumkin. grantlar har bir semestrga beriladi. Fanlarni nechaga yopganingizga qarab yana grant ajratiladi. Universitet tomonidan yotoqxonalar beriladi semestriga 360$-1500$. O‘qishdan tashqari ishlash mumkin, haftasiga 20 – soat qonuniy. Koreyada o‘qish qiziq bo‘lsa bu World uz bilan juda oson.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!