Amerikada xalqaro talabalar uchun fuqarolik beriladimi

Ko'rilgan: 155508

- Amerikada ta’lim
 Hozirgi vaqtda ko’plab yoshlar chet elda sifatli ta’lim olishga harakat qilmoqda. Sifatli ta’lim beruvchi va yuqori imkoniyatlari ko’p bo’lgan dunyoning yirik rivojlangan davlatlaridan biri bo’lgan Amerikaga talabalar borishi ortmoqda. Amerikada bakalavr 4 yil magistratura 2 yil , universitetga kirish tartiblari 11- yillik ta’limdan so’ng bakalavrga kamida 5,5 IELTS yoki Duolingo sertifikati bilan qabul qilinadi. Magistraturaga ham huddi shunday agar natijalari yuqori bo’lsa bu albatta talabaning o’zi uchun foyda. Agarda ingliz tilini bilmay borsa til kurslarida qolib o’qishlari mumkin. IELTS darajasi kamroq bo’lsa ba’zi universitetlar 2- haftadan 6-haftagacha til kurslari qo’yib beradi tekinga, keyin IELTS ni balandroq olib osha universitetda o’qisa bo’ladi. Universitetlar 30% dan 100% gacha scholarship beradi. Bu holatda talabaning darajasiga qaraydi ya’ni IELTS agar bo’lsa SAT, GPA% insho va ba’zida intervyu. Universitet tomonidan zamonaviy yotoqxona hamda kutubxonalar bor, talabalar uchun kerakli barcha shart sharoitlarga ega. Amerikada universitetlar va yo’nalishlar juda ko’p.

- Apple Google Microsoft kabi yirik kompaniyalarda ishlashni xohlaysizmi…
Amerikada talabalarga ko’plab imkoniyatlar yaratilgan- jumladan ish masalasi bo’yicha, o’qish bilan bir vaqtda ishlash huquqiga egasiz haftasiga 20- soat, o’z qobiliyat, bilim daraja hamda salohiyatingizdan kelib chiqib siz yuqoridagi Apple, Google, Microsoft kompaniyalarida ishlashingiz mumkin. IT yo’nalishida o’qib bitirayotgan talabalar uchun Amerika universitetlariga Apple, Google, Microsoft kompaniyalaridan bo’sh ish o’rni bo’yicha takliflar keladi va saralangan talabalarni 3 oydan 6 oygacha ish o’rganish malaka oshirishga oladi, talabaning talablari ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, baholari a’lo, hulqi yaxshi o’z soxasini yaxshi o’rgangan bo’lishi lozim. Talabani malaka oshirishga olishdan oldin o’qigan joyidagi o’qituvchilaridan Feedback oladi.3-6 oylik malaka oshirish vaqtida talaba o’zini ko’rsatsa ishini ustasi va yangliklar kirituvchi izlanuvchan, tez qaror qabul qiluvchi bo’lsa ishda qolish imkoni bo’ladi. qolaversa viza cho’zdirish va Amerikada uzoq muddat qolib ketishingiz uchun yirik kopmaniyalar doimiy viza qilib beradi. Doimiy viza sizga bir umr Amerikada yashash huquqini beradi, agarda Amerika qonunlarini buzsangiz tegishli choralar ko’riladi, siz saylovlarda ishtirok eta olmaysiz lekin bir umr yashashingiz mumkin buning uchun kamida 6-8 yil Amerikada yashagan bo’lishingiz kerak, va Amerika qonunlariga amal qilgan bo’lishingiz kerak. O’qish vaqtida ishlagan oyligingiz taxminan soatiga 18-22$ ni tashkil etadi. Keyinchalik yirik korxonalarning oyligi oshib boraveradi ba’zida yillik shartnoma bo’lib to’lovi ham yillik bo’ladi. Amerika sizga siz kutgandan ko’p imkoniyatlarni beradi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!