Avstraliyaning mashhur universitetlaridan biri La Trope universitetida taʼlim oling:

Ko'rilgan: 78281

-.Oliy taʼlim va talabalarni hayoti:

  • La Trope universiteti 1964 – yilda tashkil topgan,  Avstraliyaning Viktoriya shtati Melburn shahrida joylashgan davlat universiteti. Universitet talabalar uchun sanʼat madaniyat, iqtisod Ekonomika, sog‘liqni saqlash, huquq, muhandislik, gumanitar fanlar va tarix bo‘yicha bakalavr va magistratura uchun ushbu akademik dasturlarni taqdim etadi. Ushbu universitet har tomonlama jahonda o‘z o‘rinni egallab kelmoqda ulardan biri, tadqiqotlar olib borish. La Trobe universiteti turli sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib bordadi, sog‘liqni saqlash, gumanitar fanlar, iqtisodiyot, texnologiya yo‘nalishlarida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Universitet tomonidan xalqaro talabalar uchun ko‘ngil ochar dasturlar ham mo‘ljallab qo‘yilgan, dam olish uchun jonli kampus, madaniy tadbirlar, seminar va konferensiyalar ham o‘tkazilib turadi. La Trobe universiteti turli sohalarda muvaffaqiyat qozongan muvaffaqiyatli bitiruvchilarni ishlab chiqardi. Bitiruvchilar orasida mutaxassislar, tadbirkorlar, siyosatchilar va akademiklar bor. La Trobe universiteti Avstraliyada eng yaxshi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet qabullari uchun talabalardan eng kamida 6 IELTS talab qiladi hamda GPA baholari aʼlo bo‘lishi kerak. Xalqaro talabalar uchun universitetda yotoqxonalar va scholorshiplar ajratilgan.

     Talabalar uchun ishlashga imkoniyatlar:
    - Avstraliyada ko‘plab talabalar o‘qishdan tashqari o‘zlarini taʼminlash uchun yarim kunlik ishlarda ishlaydilar. Bu tomonlama Avstraliya hukumati oliy taʼlimda o‘quvchilar uchun qonunan ruxsat bergan, haftasiga 20 – soat bemalol ishlash mumkin, taʼtil vaqtlari haftasiga 40 – soat ishlash mumkin.

    Ish o‘rinlari:
    - Savdo o‘rinlari, supermarketlar, kiyim - kechak do‘konlari, yoki elektronika qurilish mollari do‘konlarida ishlash mumkin. - xizmat ko‘rsatish servislari, kafe, restoranlar, barlar yoki mehmonxona xizmatlari, oshxona xizmatlari, ofitsiantlik barmenlik bo‘yicha ishlar mavjud. - qo‘ng‘iroq orqali xizmat ko‘rsatish servislari.- yetkazib berish xizmati, pochtalar, ovqat yetkazib berish.- Agar til bilish darajangiz yaxshi bo‘lsa xususiy maktablarda o‘qituvchi bo‘lib yoki repetitorlik qilish mumkin.- Ofislarda yoki Universitetlarda maxsus yordamchi bo‘lib ishlash mumkin.O‘z qiziqishingiz va bilim darajangizdan kelib chiqib o‘zingizga yoqqan ishda ishlashingiz mumkin.


 



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!