Polsha universitetlari:
- Polsha rivojlangan davlatlar qatorida bo‘lib taʼlim sifati ham jahonda mashhur bo‘lib kelmoqda. - Varshava universiteti – Polshadagi eng katta va mashhur universitetlardan biri. Bu universitet jahonning top 1000 talik ro‘yxatida bor. BU universitet inson huquqlari ijtimoiy gumanitar fanlar, matematika, biologiya, psixologiya, tarix va fizika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab beradi. Universitet talablari IELTS 6 GPA 75%, kontrakt – 2200-4500 Eurogacha. - Lodz universiteti – Bu universitet dunyo bo‘yicha top 1000 talikga kiritilgan. Taʼlim sifati jahon standartlariga javob beradi. Bakalavr va Magistraturaga qabullar bor, talablari IELTS 6. Biznes kompyuter, Ekonomika yo‘nalishlari yaxshi o‘rgatiladi. - Lazarskiy universiteti – Polshada joylashgan xususiy universitet hisoblanib eng yaxshi 5 ta universitetlar ro‘yxatida 3 ni o‘rinni egallab kelmoqda. Erasmus va Double degree dasturi ham mavjud bitta dastur va ikkita diplom. Universitetda 4000dan ortiq talabalar o‘qiydi 800 dan ortig‘i xalqaro talabalar.
Polshada talabalar hayoti va qulayliklari:
- Polshada talabalar uchun o‘qishdan tashqari ishlash imkoni bor, haftasiga 20 soat qonuniy, talabalar asosan part-time qilib ishlashadi, masalan restoranlarda kafe va bar, xizmat ko‘rsatish servislar yuk tashish, pochta yetkazib berish servislari, supermarket va sotuv bo‘limlarida ishlashlari mumkin. Universitetlar ham kasb-hunar kurslari va yo‘nalishlari orqali ish topishga yordam beradi. Polshada o‘rtacha 22 970$ yiliga, 2000-2200$ oyiga, haftasiga 450-550$, soatiga 20-22$ topishi mumkin. Talabalar uchun qulay sharoitlar ham universitetda yotoqxona bor bir oyiga 200-220$ atrofida bu albatta xona sifatiga qarab, ijaraga turar joylar ham mavjud o‘z xohishiga qarab turar joy belgilash mumkin. Taʼtil vaqtlari 40 soat ishlashga ruxsat beradi. Shahar havosi va tabiati juda go‘zal maroqli sayohat qilish va do‘stlar orttirish uchun yaxshi imkoniyatlar.