Chexiyada til kursi: kelajakdagi grantli ta’limga eng to‘g‘ri yo‘l

Ko'rilgan: 504

Bugun Yevropada o‘qish haqida o‘ylayotgan yoshlar uchun Chexiya eng oqilona tanlovlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, til kursi orqali universitetga kirish imkoniyati bu davlatni yanada jozibador qiladi. World.uz orqali siz Chexiyada sifatli til kursida o‘qib, keyingi bosqichda universitetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Tilni ikki yo‘nalishda tanlash mumkin. Ingliz tilida o‘qish yo‘nalishi universitetda ingliz tilida ta’lim olishni xohlovchilar uchun mos bo‘lib, til kursidan so‘ng kontrakt asosida o‘qishni davom ettirish imkonini beradi. Chex tilida o‘qish esa davlat universitetlariga kirishni maqsad qilganlar uchun qulay bo‘lib, kelajakda xohlagan yo‘nalishda grant asosida o‘qish imkoniyatini beradi. Bu yo‘nalish bilan siz kontrakt to‘lovi yo‘q holda ta’lim olishingiz mumkin.

Talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlari yaratilgan. Dormitorylarda 2, 3 yoki 4 kishilik xonalar mavjud. Oylik to‘lov 400 yevro, depozit esa 1000 yevro bo‘lib, u Chexiyada to‘lanadi. Yashash joyida Wi-Fi, televizor va 24/7 reception mavjud. Qo‘shimcha imkoniyat sifatida bowling maydonchasi ham mavjud. Turar joy universitetdan 15–20 daqiqalik masofada joylashgan.

World.uz sizga mos til va yo‘nalishni tanlash, hujjat topshirish va viza jarayonlarida to‘liq yordam beradi. Chexiyada ta’lim orzu emas, reja. Rejani bugun boshlash orqali kelajagingizni yanada mustahkamlashingiz mumkin.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!