Chet elda stajirovka va amaliyotni qanday topish mumkin

Ko'rilgan: 2361

Diplom bugun yagona yetarli kafolat emas. Ish beruvchilar nomzoddan avvalo real tajribani so’raydi. Shuning uchun chet elda o’qiyotgan talabalar uchun stajirovka o’qishning ikkinchi yarmi, desa bo’ladi. Yaxshisi, uni birinchi kursdan rejalashtirish kerak.
1. Universitetning o’z imkoniyatlaridan boshlang
Ko’pchilik talaba bu qadamni o’tkazib yuboradi. Aslida deyarli har bir universitetda Career Center (karyera markazi) bor. U yerda CV tekshiriladi, suhbatga tayyorgarlik o’tkaziladi va hamkor kompaniyalarning vakansiyalari e’lon qilinadi. Yilda bir-ikki marta karyera yarmarkalari ham bo’ladi, u yerda HR mutaxassislari bilan yuzma-yuz gaplashish mumkin.
2. O’quv dasturida amaliyot bormi, tekshiring
Germaniyada ko’plab amaliy fanlar universitetlarida (Fachhochschule) amaliyot semestri o’quv rejaning majburiy qismi. Janubiy Koreya va Xitoyda esa universitetlar kompaniyalar bilan kelishuv asosida talabalarni yozgi dasturlarga yuboradi. Ariza topshirishdan oldin dastur tarkibida amaliyot borligini aniqlab oling.
3. Vizadagi ish huquqini bilib qo’ying
Talaba vizasida ishlash soatlari odatda cheklangan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda esa majburiy amaliyot uchun alohida ruxsat kerak. Qoidalar davlat va universitetga qarab o’zgaradi, shuning uchun xalqaro talabalar bo’limiga oldindan murojaat qiling. Bu xato jarimadan tortib vizadan mahrum bo’lishgacha borishi mumkin.
4. Onlayn platformalardan foydalaning
LinkedIn, universitetning alumni tarmog’i va mamlakatdagi mahalliy vakansiya saytlari yaxshi manba. Bitiruvchilar bilan bog’lanib, qisqa va muloyim xabar yozish ko’pincha rasmiy arizadan ko’ra tezroq natija beradi.
5. CV va motivatsion xatni mahalliy talabga moslang
Har bir mamlakatning CV standarti har xil. Germaniyada tuzilgan, aniq format, Amerikada esa qisqa, bir sahifali va yutuqlarga asoslangan CV kutiladi. Motivatsion xatda “nega aynan bu kompaniya” degan savolga javob bering.
6. Til ustida ishlang
Ingliz tili bilan bir qatorda mahalliy tilni bilish sizni boshqalardan ajratib turadi. Boshlang’ich daraja bo’lsa ham, bu ish beruvchiga sizning jiddiyligingizni ko’rsatadi.
Xulosa
Stajirovka kutib o’tiradigan imkoniyat emas, uni o’zingiz izlab topasiz. Erta boshlang, universitet resurslaridan to’liq foydalaning va har bir tanishuvni qadrlang. Bitta yaxshi amaliyot kelajakdagi ishingizga eshik ochishi mumkin.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!