Universitet hayoti:- Ulsan Milliy Fan va Texnologiya instituti Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida joylashgan, Davlat tadqiqot institutidir. Ushbu institut Jahon miqyosida global muammolarni hal qilish va fan texnologiya iqtisodiyot rivojiga ko‘plab hissa qo‘shish uchun talabalar va o‘qituvchilardan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. UNIST turli xil sohalarda talabalarga bakalavr va magistratura dasturlarini taqdim etadi, ushbu dasturlar talabalarga mustahkam bilim olish kariyera qilish va davlat kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Institutda Koreys, Ingliz tillarida darslar bo‘ladi, taʼlimdagi talablar Koreys tilida o‘qish uchun topis ingliz tilida o‘qish uchun IELTS sertifikatlarni talab qiladi. Barcha oliygohlar kabi ushbu institutda ham 30% dan 100% gacha scholarship beriladi, albatta talabaning bilim salohiyatidan kelib chiqqan holda ajratiladi. UNIST – talabalar o‘qituvchilar uchun ilmiy izlanishlarga, tadqiqotlarga katta eʼtibor qaratgan. Institut nanotexnologiya, robototexnika, energetika sohalarida doimiy tadqiqotlarda faol qatnashib kelmoqda. Eng zamonaviy jihozlar: Universitet tadqiqot va taʼlimni qo‘llab-quvvatlash uchun zamonaviy va ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan. Bunga yaxshi jihozlangan laboratoriyalar, ilmiy markazlar, kutubxonalar va talabalar uchun dam olish joylari kiradi.
Talabalar hayoti:- Institutga qabul qilingan talabalar o‘qishdan tashqari bemalol ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi, Bakalavr, Magistratura talabalariga ham qonuniy ishlashga ruxsat berilgan. Bunda rasmiy va norasmiy joylarda ham ishlash mumkin, til bilish daraja o‘z salohiyat va ko‘nikmalaridan kelib chiqib soatiga 20 – soat ishlashi mumkin, taʼtil vaqtlari 40 – soatgacha ruxsat etilgan. Institutda oliy taʼlim jahon standartlariga javob beradigan sifatli o‘qituv tizimi mavjud. Institutda yotoqxona, kutubxonalar mavjud. Talabalar Koreyada nima ishlar qilishadi, asosan o‘zbeklar nima ish qilishadi? – Pochta xizmatida ishlasa bo‘ladi kuniga 100-150 $ maosh olsa bo‘ladi mehnati qiyin demasa lekin oylik daromad yaxshi bo‘ladi. Koreyada o‘zbek restoranlari juda ko‘p bunda oyiga o‘rtacha 2000$ topsangiz bo‘ladi, yana bir soha pul jo‘natuvchi kompaniyalarda ishlasa bo‘ladi albatta tilni yaxshi bilish kerak. Marketing dasturlar bo‘yicha ham ishlasangiz bo‘ladi, bu sohada imkoniyatlar ham juda ko‘p. Yuqori sifatli taʼlim tinch va rivojlangan davlatda xalqaro talabalar bilan do‘stlashib sifatli taʼlim oling.