Bugun chet elda o‘qish orzusi faqat boylar uchun emas. Ko‘plab davlatlar iqtidorli yoshlar uchun grant asosidagi ta’lim imkoniyatlarini taklif qilmoqda. 2025-yilda ayniqsa quyidagi mamlakatlar grant siyosatida faolligi bilan ajralib turibdi. Keling, har bir yo‘nalish va mamlakatni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Xitoy: eng ko‘p grant ajratadigan davlatlardan biri
Xitoy hali ham grant soni bo‘yicha yetakchi o‘rinda. Nima uchun?
100% grant dasturlari: Bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida mavjud.
Yashash, o‘qish va stipendiya to‘liq ta’minlanadi.
Texnologiya, tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot yo‘nalishlari eng ommabop.
Tavsiyamiz: Xitoy grantlariga topshirish uchun HSK sertifikati (xitoy tili) yoki inglizcha IELTS/TOEFL kerak bo‘ladi. Hujjat topshirish mart–may oylarida faollashadi.
Italiya: akademik yutuqqa asoslangan grantlar
Italiyada o‘qish nafaqat chiroyli shaharlar va madaniyat, balki: DSU (regional grantlar) orqali o‘qish, yashash, hatto oziq-ovqat xarajatlari ham qoplanadi.
O‘quvchilar 100% grant asosida ta’lim olishlari mumkin, ayniqsa kuchli akademik natijalarga ega bo‘lsa.
Ingliz tilida ko‘plab yo‘nalishlar mavjud.
Tavsiyamiz: O‘quvchilar o‘z baholarini mustahkamlashi va IELTS 6.0+ ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak. Hujjat topshirish odatda fevral–iyun oralig‘ida bo‘ladi.
Malayziya: arzon va sifatli ta’lim
Malayziya o‘zining: Xalqaro universitetlari, past kontrakt narxlari,
Talabalar uchun qisman yoki to‘liq grantlar
Ingliz tilidagi darslar va turmush tarzining soddaligi bilan ajralib turadi.
Tavsiyamiz: Malayziyada grant olish ko‘proq universitetning o‘z ichki imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi. IELTS 5.5 va undan yuqori natija kerak.
Turkiya: Turkiye Burslari – kuchli davlat dasturi
Turkiya hukumati har yili: Barcha bosqichlar uchun to‘liq grantlar taklif qiladi
O‘qish, yashash, sug‘urta va parvoz xarajatlari qoplanadi
Turkiy tilda yoki ingliz tilida o‘qish imkoniyati bor
Tavsiyamiz: Turkiya grantlariga topshirishda motivatsion xat va tajriba juda muhim. Dastur har yili yanvar–fevral oylarida ochiladi.
Grant yutish uchun:
va darhol WORLD.UZga murojaat qiling...