Germaniyada o‘qish: Xarajatlar, vizalar va talabalarga amaliy maslahatlar

Ko'rilgan: 4525

Statistikaga ko‘ra, bu mamlakatda 400 mingdan ortiq xorijiy talaba tahsil olmoqda. Quyida Germaniyada o‘qishni rejalashtirayotganlar uchun eng muhim amaliy jihatlar keltirilgan:

    Kontrakt va to‘lovlar

Davlat universitetlarida bakalavr kurslari odatda bepul bo‘ladi. Talabalar faqat semestr badali to‘laydilar, bu miqdor o‘rtacha 250–350 yevroni tashkil etadi.Magistratura dasturlarining katta qismi ham bepul, biroq ayrim maxsus yo‘nalishlarda yiliga 1,5–3 ming yevro kontrakt to‘lovi mavjud.

    Semestr davomiyligi

Qishki semestr odatda oktyabr oyidan martgacha bo‘ladi.Yozgi semestr esa apreldan sentyabrgacha davom etadi.
Bir semestr 6 oyga teng, ammo o‘quv mashg‘ulotlari taxminan 4 oy davom etadi. Qolgan vaqti imtihonlar va ta’tilga ajratiladi.

    Ishlash imkoniyati

Xorijiy talabalar yiliga 120 kunlik to‘liq ish yoki 240 kunlik yarim stavka ish ruxsatiga ega.Ish haqi soatiga o‘rtacha 12–15 yevroni tashkil etadi, bu esa yashash xarajatlarini qisman qoplashga yordam beradi.

    Moliyaviy talablar va yashash xarajatlari

Germaniyada talabaning o‘rtacha oylik sarfi 850–1 100 yevro atrofida.Viza olish uchun talabadan maxsus “blocked account” ochish talab qilinadi. Unda yil davomida yashash uchun yetarli mablag‘ — taxminan 11 208 yevro bo‘lishi shart.

   Til talablari

Ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlar uchun IELTS ko‘rsatkichlari odatda 6.0–6.5 oralig‘ida talab etiladi.Nemis tilidagi kurslar uchun esa TestDaF, DSH yoki Goethe-Zertifikat (C1/C2) sertifikati talab qilinadi.

   Viza ko‘rsatkichlari
World.uz orqali Germaniyaga ariza bergan talabalar orasida viza olish darajasi yuqori — odatda 90–95% atrofida. Bu bizning ko‘p yillik tajribamiz va to‘g‘ri hujjat tayyorlash amaliyotimiz samarasi hisoblanadi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!