Turkiyada top 5 ta universitetlar.

Ko'rilgan: 129224

Turkiyada taʼlim afzalliklari:
- Sifatli oliy taʼlim izlayotgan xalqaro talabalar uchun Turkiyada imkoniyatlar ortib bormoqda. Turkiya o‘zining boy tarixi, madaniy mehmondo‘stligi, noyob akademik tajribasi bilan xalqaro talabalarni o‘ziga jalb qilib keladi.Turkiyada biznes, muhandislik, tibbiyot, ijtimoiy gumanitar fanlar, sanat sohasi, iqtisod, tarix bo‘yicha darslar beruvchi ko‘plab universitetlar mavjud. Turkiyada yashash, transport, oziq-ovqat xarajatlari arzonligi  xalqaro talabalar uchun eng yaxshi afzalliklardan biridir. Talabalar o‘qib ishlashi mumkin bemalol haftasiga 20-soat qonuniy, soatiga 13-15$ olishingiz mumkin. Qolaversa Turkiya hukumati va universitetlar xalqaro talabalar uchun turli xil stipendiyalar moliyaviy yordamlar tashkil qilgan. Umuman olganda turkiya o‘qish uchun turli sharoit va ko‘nikmalarni yaratib qo‘ygan, mehmondo‘st va qo‘llab quvvatlovchi muhitda o‘z maqsadlaringizga erishish uchun ajoyib imkoniyat.

 

Top 5 ta universitet.

- Medipol universiteti Istanbulda joylashgan dunyo reytingi bo‘yicha 601 – o‘rinda turadi. Tibbiyot sohasi bo‘yicha yetakchi universitetlar qatorida keladi, bu universitet o‘zining 11 ta shaxsiy klinikasiga ega, talabalar klinikalarda amaliyot o‘tab ishlashlari ham mumkin, bundan tashqari 1 yil Yevropada o‘qish imkoni ham beradi. Universitetda yotoqxonalar ham mavjud. Bu universitetga til bilmay ham topshirsangiz bo‘ladi, maxsus til kurslarida o‘qib keyin bakalavrni davom ettirishingiz mumkin. world uz talabalari uchun 1 yillik til kursi tekin.

- Altinbash universiteti Istanbulda joylashgan xususiy universitet. Xalqaro talabalar uchun grant asosida o‘qish mavjud, sanat, texnika, iqtisod, tibbiyot, biznes yonashishlarida o‘qib 2 ta mutaxassislik olishingiz mumkin. 50 dan ortiq kompaniyalar bilan ish bo‘yicha hamkorlik qilib ishlash imkoni bor.

- Istanbul Kultur universiteti Istanbul markazida joylashgan xususiy universitet. Universitetda taʼlim sifati judayam yaxshi, xalqaro darajada taʼlim olib 2 ta mutaxassislikda o‘qishingiz mumkin. Amaliyot, lager, chet elda grant dasturlarida o‘qish imkoniyatlari mavjud.

- Aydin universiteti Istanbulda joylashgan, universitetga kirish uchun ingliz yoki turk tili talab qilinadi agar til bilmasangiz 1 yillik til kursida qolib o‘qish mumkin. Istanbul markazida joylashgan universitet har bir yo‘nalish bo‘yicha talabalarga amaliyot dasturlari mavjud hamda oxirgi texnologiyalar bilan to‘ldirilgan o‘quv xonalari bor. Universitetda Erasmus dasturida exchange qilish mavjud.

- Karabuk Davlat universiteti Karabuk viloyatida joylashgan. Universitetda 42 000 yaqin talabalarga taʼlim beriladi, Universitetning 14 ta fakulteti, 4 ta institut, 3 ta kasb hunar oliy maktabi bor. Taʼlim sifati yaxshi, talabalar yotoqxonasi bor. O‘qib ishlash mumkin faqatgina o‘qishga imtihonlarga zarar yetkazmasa bo‘ldi. Universitetda Bakalavr Magistratura Phd dasturlari uchun turk va ingliz tilida taʼlim mavjud.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!