Kanadada top 5 ta Universitetlar:

Ko'rilgan: 142337

Kanadada top 5 ta Universitetlar:

Kanadada o’qish ishlash afzalliklari:

Talabalar hayoti:

Kanadada bir vaqtning o’zida o’qib ishlash mumkin, bu yo’l bilan olingan pul talabaning kundalik harajatlari ovqatlanishi, tolovlari uchun katta yordamdir. U yerda katta aholi to’lliq ish tartibida ishlamaydi talabalar ham haftasiga 20 – soat ishlashi mumkin ta’til vaqtlari hamda yaroqli viza olgacha yil davomida ko’mpusda yoki boshqa ko’mpusda 40 - soat  ishlashlari mumkin. Oxirgi 2022 – yil hisobiga 1 yilda talabaning maoshi 50 320$ yiliga  4200$ oyiga 970$ haftasiga 25$ soatiga  tashkil etadi. Talaba uchun ishlar til bilish va bilim darajaga qarab belgilanadi asosan hizmat ko’rsatish servislari, restarant, kafe, yetkazib berish hizmatlarida ishlash mumkin. O’rtacha maosh yiliga 42 550$ yuqori maosh 58 200$ ni tashkil etadi.

1) Toronto Universiteti

Toronto universiteti Kanadada joylashgan, 1872 –yilda tashkil qilingan qadimiy universitet. 10 % talabalar chet ellik. 50  mingdan ziyod talabalar ta’lim oladi. Universitetda ilmiy qiziqishlar yuqori o’rinda turadi jumladan tibbiyot, biokimyo, genetika, muhandislik, medidsina, biznes, savdo, moliya, chet tillari, tarix, madaniyat, umumiy fanlar, dinshunoslik, elektronika kabi bir qator fanlar. Ushbu universitetda xalqaro talabalar uchun grant dasturlari bor, buning uchun talaba yetakchi yaxshi baholarga o’qigan qolaversa Kanada fuqarosi bo’lmasligi kerak, va universitet talabani qabul qilgan bo’lishi kerak. Universitetda kontraktsiz o’qib favqulodda vaziyatlarda pul mablag’i olishi hamda bepul turar joy bilan ham ta’minlanadi.

2) McGill Universiteti

McGill bu universitet dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan biridir. (QS reytingi bo’yicha) dunyoda 31 o’rinni egallaydi, bu 2021 – yilgi ma’lumotga ko’ra. Kanadaning Monreal shahrida joylashgan McGill universiteti bakalavrda o’qimoqchi bo’lgan talabalar uchun Entrance Bursary Program moliyaviy yordam (Need-based aid) dasturini taqdim etadi. Ushbu moliyaviy yordam bakalavrdagi barcha yo’nalishlar uchun.

3) Britaniya Kolumbiya universiteti

1908-yilda tashkil etilgan Vankuver va Kelowna shahlarida kompuslari joylashgan davlat tadqiqot universitetidir. Britaniya Kolumbiyasidagi eng qadimgi universitet. Universitetning 1-yillik tadqiqiot byudjeti 760 million dollar, va UBC yiliga 8000 dan ortiq loyihalarni moliyalashtiradi. Talabalarning 20% foizi 149 davlatdan kelgan xalqaro talabalar.

4) Alberta universiteti

Alberta universiteti Kanadaning eng yaxshi 3 ta universiteti ro’yxati hamda dunyoning eng yaxshi 100 universiteti ro’yxatida turadi. Ushbu universitet ham moliyaviy yordamni xalqaro talabalar uchun ajratgan faqat asosiy qismi magistratura va doktorlik dasturlari talabalari uchun, aviachiptadan boshqa barcha harajatni qoplashi mumkin. Universitetda 200 dan ko’p aspirant va 300 ga yaqin bakalavr dasturlarini taklif etadi. Universitetdan moliyaviy yordam so’ragan har bir talaba tadqiqot ishlariga vaqt ajratishga tayyor bo’lishi kerak.

5) Montreal universiteti

Kanadada joylashgan universitet ta’lim sifati jahon standartlariga javob beradi. Xalqaro talabalar uchun grant dasturlar ajratgan. Talabalar hududi va ta’lim darajasiga qarab stipendiya beriladi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!