Yangi Zelandiyada talabalik!

Ko'rilgan: 2458

Yangi Zelandiya nafaqat o‘zining go‘zal tabiat manzaralari va tinch hayoti bilan, balki sifatli ta’limi hamda xorijiy talabalar uchun keng imkoniyatlari bilan mashhur. Bu davlatda o‘qish, ishlash va istiqomat qilish haqida aniq raqamlar asosida gaplashsak, talabalar uchun manzara juda ravshan bo‘ladi.

Masalan, o‘rtacha yashash xarajatlari oyiga 1 500–2 000 yevro atrofida bo‘ladi. Bunga ijaraga uy olish, transport, oziq-ovqat va boshqa kundalik xarajatlar kiradi. Talabalar uchun davlat tomonidan ruxsat etilgan 20 soatlik haftalik ish esa moliyaviy tomondan yordam beradi. O‘rtacha ish haqi soatiga 20–25 yevro bo‘lib, bu bir oyda 1 500 yevrogacha qo‘shimcha daromad topish imkonini beradi.

Qiziqarli tomoni shundaki, bizning World.uz jamoamiz orqali o‘tgan hafta bir talabamiz QS reytingida dunyo bo‘yicha TOP-65 talikka kirgan va FinTech yo‘nalishida 18-o‘rinda turadigan The University of Aucklanddan master darajasi uchun qabul xatini oldi. Eng hayratlanarlisi, bu natijaga u atigi IELTS 6.0 ball bilan erishdi!

Bu misol Yangi Zelandiyada nafaqat sifatli ta’lim, balki odilona sharoitlar va talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi tizim mavjudligini yaqqol ko‘rsatadi. Shunday ekan, agar siz ham xalqaro darajada tan olingan universitetda o‘qishni va kelajakda yuqori daromadli sohada faoliyat yuritishni istasangiz, Yangi Zelandiya — ajoyib tanlov.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!