Scholarship (grant) — bu talabaning akademik yutuqlari, IELTS balli, motivation letter yoki faolligi asosida beriladigan moliyaviy yordam. Odatda scholarship uchun alohida ariza topshiriladi va raqobat yuqori bo‘ladi. Grant miqdori 50%, 75% yoki ba’zi hollarda 100% bo‘lishi mumkin. Ammo 100% scholarship juda kam uchraydi va faqat kuchli nomzodlarga beriladi.
Tuition Discount esa universitet tomonidan beriladigan kontrakt chegirmasidir. Ko‘pincha u avtomatik tarzda taklif qilinadi va alohida tanlov talab etmaydi. Chegirma miqdori odatda 10–30% atrofida bo‘ladi. IELTS balli, erta topshirish yoki hamkor agentlik orqali murojaat qilish bu chegirmani olishga yordam beradi.
Oddiy qilib aytganda, scholarship yutib olinadi, tuition discount esa beriladi.
Qaysi biri foydaliroq? Bu sizning profilingizga bog‘liq. Agar baholaringiz yuqori, IELTS 7.0 va undan yuqori bo‘lsa, scholarship sinab ko‘rishga arziydi. Agar tezroq ketishni xohlasangiz va tavakkalni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, tuition discount ancha real variant hisoblanadi.
Eng katta xato — “grant bo‘lmasa, chet elda o‘qib bo‘lmaydi” deb o‘ylash. Aslida esa to‘g‘ri davlat, tuition discount va reja bilan chet elda o‘qish ko‘pchilik uchun mumkin.
World.uz mutaxassislari sizga aynan qaysi yo‘l foydaliroq ekanini aniqlashga yordam beradi — keraksiz va’dalarsiz, real imkoniyatlar bilan.