2026-yilda chet elda o‘qish uchun eng talabgir yo‘nalishlar

Ko'rilgan: 733

Chet elda o‘qishni rejalayotgan talabalar uchun eng muhim savollardan biri — qaysi yo‘nalish kelajakda ish va barqaror daromad olib keladi? 2026-yil trendlariga ko‘ra, ayrim sohalarga talab keskin oshmoqda.

Quyida eng talabgir yo‘nalishlar bilan tanishamiz.

IT va Kompyuter fanlari

IT 2026-yilda ham yetakchi yo‘nalish bo‘lib qoladi.
Mashhur mutaxassisliklar: Computer Science, Software Engineering, Data Science, Artificial Intelligence.

Afzalligi — o‘qish paytida ishlash, bitirgach Yevropada qolib ish topish imkoniyati yuqori.

Biznes va Menejment

Business Administration, Management va Marketing yo‘nalishlari universal hisoblanadi.
Bu yo‘nalishlar deyarli barcha Yevropa davlatlarida ingliz tilida o‘qitiladi va ish bozori keng.

Ayniqsa Polsha va Latviya arzon kontraktlari bilan ajralib turadi.

Muhandislik yo‘nalishlari

Mechanical, Electrical va Civil Engineering kabi yo‘nalishlarga Yevropada doim talab bor.
Germaniya va Chexiya bu sohada kuchli davlatlar hisoblanadi.

Tibbiyot va sog‘liqni saqlash

Medicine, Nursing, Public Health yo‘nalishlari barqaror va nufuzli.
Ammo bu sohalarda til talabi va kirish shartlari yuqoriroq bo‘lishini unutmaslik kerak.

Ekologiya va “yashil” texnologiyalar

Environmental Science va Renewable Energy kabi yo‘nalishlar 2026-yilning eng yangi trendlaridan.
Bu sohalarda grant va davlat qo‘llab-quvvatlovi ko‘p.

World.uz bilan to‘g‘ri tanlov qiling

World.uz sizga yo‘nalish tanlash, universitet topish, hujjat topshirish va viza jarayonlarida to‘liq yordam beradi.

 2026-yilda chet elda o‘qishni rejalayotgan bo‘lsangiz — World.uz bilan bepul konsultatsiyaga yoziling!



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!