ITALIYA HUKUMATI O’ZBEKISTONLIK TALABALARNI QO’LLAB QUVVATLAYDI

Ko'rilgan: 337546

ITALIYA VA O’ZBEKISTON HUKUMATI TALABALARGA QANDAY YORDAM BERADI:
- Hozirda iqtisodiyoti endi rivojlanayotgan davlatlarga Italiya 100% grant ajratgan, talabalarga mutlaqo tekin ta’lim hamda bilim darajasiga qarab stipendiyalar ajratilgan. Italiya hukumati O’zbekistondagi aqlli va iqtidorli talabalar uchun Italiya universitetlarida o’qish, ishlash, yashash uchun imkoniyatlar bergan. 3- yil bakalavrni 2- yil magistraturani 100% grant, sifatli ta’lim reytingi yuqori darajada turadigan universitetlarda o’qish, o’qibgina  qolmay belgilangan stipendiya olishingiz mumkin. 1 yillik 5200-7000 eurogacha bo’lgan stipendiya talabaga o’rtacha hisobda xarajatlari uchun yetarli, bu bilan cheklanib qolmagan xolda Italiya xalqaro talabalarga haftasiga 20- soat ishlashga ruxsat bergan, Italiyada O’zbekistonlik 300ta talaba bo’lsa 250-tasi bakalavr 30-tasi magistratura, 20-phd yo’nalishlarida tahsil oladi. Bu talabalarning 20%-ga ish tayyor. Italiyada katta-katta avtomobil kopmaniyalari zavodlar, labaratoriyadan ishlar taklif qilishgan va Italiyada qolish imkoni yuqori. bunga O’zbekiston qanday qaraydi...? Albatta ijobiy O’zbekistonlik mashhur tadbirkorlar Italiyada hamkorligi bor kompaniyalar, xizmat ko’rsatish servislari bilan shartnomalari bo’lgan yokida o’zlarini shaxsiy bizneslari bo’lsa O’zbeklarni qo’llab quvvatlash uchun yordam beradilar, ichki tashqi bozor uchun O’zbek mahsulotlarini Italiya bozoriga olib kirish uchun ham o’z yordamlarini ayamaydi hattoki tadbirkorlar Italiyaga yetkazib berishlari ham mumkin . Shu orqali o’qib ishlab tajribali biznesmen yoki o’z yo’nalishingizni yaxshi mutaxassisi bo’lib kelishingiz mumkin.

ITALIYADA MASHXUR UNIVERSITETLAR:
- Italiya o’zining qadimiyligi jozibakor binolari bilan mashhur. Italiyadagi Universitetlar ham bundan mustasno emas, chiroyli ko’chalar baland ko’rkam va qadimiy binolarga ega shaxar. O’qitish tizimi xam a’lo darajada.
- La Sapienza di Roma – bu universitet dunyo bo’yicha #203 o’rinni egallagan, Italiyada #1 o’rinda turadi.
- Tor Vergata universiteti – Rimda joylashgan dunyo bo’yicha #511 o’rinda turadi.
- Pavia universiteti  – Pavia shahrida joylashgan dunyo bo’yicha #581 o’rinda turadi.
- Genova universiteti 1481- yilda tashkil topgan qadimiy universitet Genova shahrida joylashgan dunyo bo’yicha #651 o’rinni egallagan.
- Ca’ Foscari a Venezia universiteti Venetsiya shahrida joylashgan qadimiy universitet 1868 yilda tashkil topgan  dunyo bo’yicha #751 o’rinni egallagan.
- Messina universiteti 1548- yilda Sitsiliyada tashkil topgan qadimiy davlat universiteti, bu universitetning afzallik tomoni IELTS bo’lmasa ham ichki imtihon orqali talaba bo’lish imkoni beriladi talabaga.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!