Chet elda o‘qishga birinchi qadam — Foundation haqida bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsa

Ko'rilgan: 5107

Chet elda o‘qishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun eng ko‘p uchraydigan savollardan biri — “Foundation nima?” degan savoldir. Foundation — bu xorijdagi universitetga kirishdan oldin o‘qiladigan tayyorlov bosqichi bo‘lib, o‘quvchining ingliz tili darajasi, akademik bilimlari va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Asosan ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturlariga kirish uchun mo‘ljallangan.

Ko‘pchilik G‘arb universitetlari, xususan Buyuk Britaniya, Avstraliya, Litva, Polsha, Chexiya, Niderlandiya va Malayziya kabi davlatlarda foundation dasturlarini taklif qiladi. Ular odatda 1 yil davom etadi va talabaning tanlagan yo‘nalishiga qarab tuziladi. Masalan, agar siz biznes sohasini tanlamoqchi bo‘lsangiz, kurs davomida marketing, menejment, iqtisodiy asoslar kabi fanlar bilan tanishasiz. Tibbiyot, muhandislik yoki IT yo‘nalishlarida ham xuddi shunday mutaxassislikka tayyorlov fanlari bo‘ladi.

Foundation dasturi kimlar uchun kerak? Birinchidan, bu dastur ayniqsa o‘quv dasturi 11 yillik bo‘lgan davlatlardan kelayotgan o‘quvchilar uchun muhim, chunki G‘arb davlatlari odatda 12 yillik umumiy ta’lim talab qiladi. Ikkinchidan, bu kurslar IELTS ballari yetarli bo‘lmagan, lekin chet elda o‘qishni istaganlar uchun ham ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

Bu kurslar pullik bo‘lib, narxi universitet va mamlakatga qarab 3000–9000 yevro atrofida bo‘ladi. Ayrim hollarda stipendiya yoki chegirmalar ham mavjud. Muhimi shundaki, foundation kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar bevosita universitetning bakalavr bosqichiga qabul qilinadi.

Foundation — bu nafaqat til va bilim, balki chet el muhitiga moslashish, mustaqil ta’lim olish va akademik yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim bosqichdir. Ko‘plab talabalarning ilk chet el tajribasi foundation orqali boshlanadi va bu ularga keyingi o‘qish va hayot bosqichlarida katta yordam beradi.

Agar siz yoki farzandingiz chet elda o‘qishni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, foundation orqali yo‘l ochiq. World.uz jamoasi sizga eng mos foundation dasturini tanlashda, hujjat tayyorlash, viza olish, universitet bilan aloqalar kabi barcha jarayonlarda yordam beradi. Bu orzuni reallikka aylantirishga bugun boshlang!



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!