"Aytgancha..." bilan boshlanadigan orzular hech qachon amalga oshmaydi!

Ko'rilgan: 3612

Aytgancha, men ham chet elda o‘qimoqchi edim.
Aytgancha, IELTS topshirmoqchi edim...
Aytgancha, grantlarga hujjat topshirmoqchi edim...

Bu iboralar sizga tanishmi? Har yili minglab yoshlar aynan shu “aytgancha” degan gaplar bilan orzularini yodga olishadi. Ammo ularning aksariyati orzular sari birinchi qadamni tashlamaydi. Sababi oddiy: qo‘rquv, dangasalik yoki ishonchsizlik.

Chet elda o‘qish faqat “zo‘r” o‘quvchilar yoki boylar uchun emas. U o‘z ustida ishlagan, vaqtini qadrlagan va harakat qilganlar uchun. Har qanday muvaffaqiyatning siri — rejali harakat. Siz hali ham "hali vaqt bor", "keyin boshlayman", "ko‘ramiz..." deb yurasizmi? Unday bo‘lsa, siz ham faqat “aytgancha” deb eslaydiganlar qatoriga qo‘shilasiz.

Bugun IELTS’ga ro‘yxatdan o‘ting. Bugun hujjatlar ro‘yxatini yozib chiqing. Bugun o‘zingizni o‘zgartirishni boshlang.

Siz boshlamagan orzu — hech qachon amalga oshmaydi. Esingizda bo‘lsin, eng katta raqibingiz bu boshqalar emas, sizning "keyinroq" deydigan o‘zingiz.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!