“Dastlabki 30 kun: chet elga chiqqaningizdan keyin sizni nimalar kutadi?”

Ko'rilgan: 669

Chet elda o‘qish — bu faqat viza olish emas. Bu – butunlay yangi hayotga qadam qo‘yish demakdir. Talaba vizasini qo‘lga kiritganingizda, o‘zingizni g‘olibdek his qilasiz, lekin asl sinovlar – aeroportdan chiqqaningizdan keyin boshlanadi.

Odamlar sizga tabassum bilan: “Voy, zo‘r-ku! Endi Dubayda, Angliyada o‘qiysan”, deyishadi. Siz esa ichingizda: “Endi nima qilaman? Qaerdan boshlayman?” degan savollar bilan yolg‘iz qolasiz. Ha, viza olish – faqat boshlanishi edi. Asl haqiqat esa – siz endi o‘z kuchingiz, bilim va sabringiz bilan yashaysiz.

Ilk kunlarda hamma narsa yangilik: aeroportdagi tartiblar, begona ko‘chalar, notanish til, yuzlar, hatto havoning hidi ham boshqacha. Telefoningizda mahalliy SIM yo‘q, internet tortmaydi, ota-onaga xabar yozmoqchi bo‘lasiz – ishlamaydi. Shunda tushunasiz: siz hozir begona yurtdasiz. Va endi har bir qadamni o‘zingiz qo‘yishingiz kerak.

Yotoqxonaga joylashasiz. Kichkina, ammo tartibli xona. Balki u yolg‘iz sizga tegishli bo‘lar, balki sizga notanish millatdagi xonadosh to‘g‘ri kelar. Til va muhit yangi, o‘zingizni biroz noqulay his qilishingiz mumkin. Ammo bu odatiy holat – ko‘nikish uchun ozgina vaqt kifoya.

Keyingi kunlarda amaliy muammolar boshlanadi: ovqat qayerdan olinadi? Telefon raqami? Transport kartasi? Internet? Bank hisob? Sug‘urta? Hammasi birdaniga keragidek tuyuladi. O‘zingizni chalkash, yolg‘iz, ozgina xavotirda his qilasiz. Bu ham o‘tadi. Oddiy ro‘yxat tuzing va bittalab bajaring. Har bir yechilgan muammo – sizga ishonch beradi.

Birinchi hafta oxirida, siz ilk marta o‘zingizni bu shaharga tegishli kabi his qila boshlaysiz. Birinchi do‘st. Birinchi o‘zbekcha hazilni tushunmagan chet ellik. Birinchi yutuqli kun. Bular – sekin-asta boshlangan yangi hayotingizning bo‘lagi.

O‘qish boshlangach, siz haqiqiy talaba bo‘lasiz. Avvaliga auditoriyadagi har bir gapni tushunish qiyin bo‘ladi. O‘qituvchi sizga qaraydi, siz esa jilmayib: “U hozir meni nima deyapti?” deysiz. Ammo ko‘p o‘tmay, quloqingiz o‘rganadi. So‘zlar tanish tuyuladi. Til asta-sekin sizga bo‘ysuna boshlaydi. Siz esa asta-sekin bu yangi hayotni o‘z qo‘lingizga olasiz.

Bu 30 kun ichida siz o‘zingizni yangidan kashf qilasiz. O‘ziga ishonchi kam, tortinchoq, til bilmaydigan siz – endi yo‘nalishni o‘zi tanlaydigan, har kuni o‘z hayoti uchun qaror qiladigan insonga aylanasiz.

Va bir kuni tongda oynadan qaraysiz – ko‘chada nonushta qilayotgan odamlar, osuda avtobuslar, odamlar iljayib yurishmoqda. Siz asta: “Ha, men bu hayotga moslashdim,” deysiz. Chet elga chiqish – bu emas edi. Chet elda yashash – mana shu.

Sizning orzuingiz – endi siz yashayotgan haqiqat. Va bu boshlanishni yanada oson va samarali qilish uchun World.uz har bir bosqichda siz bilan birga. Sizga faqat ishonch va dadillik kerak.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!