Buyuk Britaniya bugungi kunda o‘zbekistonlik talabalar orasida eng mashhur ta’lim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Oksford, Kembrij, Manchester, Birmingham kabi nufuzli universitetlari bilan tanilgan bu mamlakat 2025-yilda ham sifatli ta’lim, kuchli diplom va xalqaro karyera imkoniyatlarini taklif etmoqda. Ammo ko‘pchilikni qiziqtiradigan muhim savol bor: 11 yillik maktab ta’limi bilan Buyuk Britaniyada o‘qish mumkinmi?
Javob — ha, mumkin, ammo buning uchun talaba avval 1 yillik Foundation tayyorlov dasturini o‘qishi kerak bo‘ladi. Sababi Buyuk Britaniyada bakalavr bosqichiga kirish uchun 12 yillik ta’lim talab etiladi. O‘zbekistondagi 11 yillik maktab ta’limi ushbu talabni to‘liq qoplamagani sababli, Foundation bu farqni yopuvchi rasmiy bosqich hisoblanadi.
Foundation dasturi davomida talabalar tanlangan yo‘nalish bo‘yicha asosiy fanlarni, akademik ingliz tilini hamda Britaniya ta’lim tizimiga moslashishni o‘rganadi. Ushbu bosqichni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bakalavrning 1-kursiga qabul qilinadi. Bu yo‘l Buyuk Britaniya universitetlari tomonidan to‘liq tan olinadi va xavfsiz hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada bakalavr dasturlari 3 yil, magistratura esa atigi 1 yil davom etadi. O‘qish paytida talabalar haftasiga 20 soatgacha ishlashi, bitirgandan so‘ng esa Graduate Route vizasi orqali 2 yil davomida Buyuk Britaniyada qolib ishlashi mumkin. Bu esa xalqaro ish tajribasi va mustahkam karyera uchun katta imkoniyat yaratadi.
Agar sizda 11 yillik attestat bo‘lsa va Buyuk Britaniyada o‘qishni rejalayotgan bo‘lsangiz, Foundation — eng to‘g‘ri va ishonchli boshlanish hisoblanadi.
World.uz sizga Foundation va universitet tanlashdan tortib, hujjatlar va viza jarayonigacha bepul konsultatsiya asosida yordam beradi!