New York Amerikada joylashgan ko’hna shaharlardan biri, New York shahri vujudga kelibdiki immigrantlar uchun sevimli manzil. New Yorkni gullab yashnashida ularning hissasi katta, aholining 40% dan ko’pini muhojirlar tashkil etadi. Shahar immigrantlarni yaxshi qabul qiladi chunki ular shaharni cheka joylariga ko’chib borib shaharni gullashiga yordam beradi, mehnat qilishdan charchamaydi, muhojirlar qishloq xo’jaligi sanoat sohalarida kam haq to’lanadigan sohalarda ham yuqori texnologiyalarda ilm fan tibbiyot sohalarida ham eng dono immigrantlar xizmat qilyabdi. Muhojirlar to’laydigan soliqlar shaharning asosiy daromad manbayi, chet elliklar ham Amerikaliklar ham faqat bundan naf ko’radi. Amerikaning taraqqiyoti ilm fani, texnalogiya va mehnat kuchi uchun chet ellik migrantlar doimiy kerak bo’ladi. Bundan tashqari Amerika xalqaro talabalar uchun keng qamrovli o’quv dasturlarini o’ylab topishgan, moliyaviy yordam sifatida har bir shtatdagi universitetlarda 30% dan 100% gacha darajasiga qarab kontraktdan chegirma beriladi. Universitetlar ham qabul qilishlik ehtimolligi yaxshi albatta talabaning IELTS darajasi qo’shimcha sertifikatlari ( agar bo’lsa ) yozgan insholariga qarab. Bu universitetlarning qatoriga New York institute of technology ham kiradi. Bu universitet xususiy tadqiqot universiteti bo’lib biri Long-Aylenddagi Old Westbury shahrida va biri Manhettenda. 1955-yilda tashkil etilgan NYIT turli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bir qator bakalavriat, magistratura va professional daraja dasturlarini taklif etadi. Maktablar va kollejlar: NYIT bir nechta maktab va kollejlarni o'z ichiga oladi, jumladan, Arxitektura va dizayn maktabi, Muhandislik va hisoblash fanlari maktabi, Sog'liqni saqlash kasblari maktabi, Menejment maktabi va San'at va fanlar. NYIT arxitektura, muhandislik, kompyuter fanlari, sog'liqni saqlash kasblari, biznes va boshqalar kabi sohalarda 90 dan ortiq daraja dasturlarini taklif etadi. Universitet texnologiya va amaliy ilmiy tadqiqotlarga e'tibor qaratgani bilan mashhur. Old Westbury kampusi: Long-Aylendda joylashgan ushbu kampusda eng zamonaviy jihozlar, jumladan, laboratoriyalar, studiyalar va shahar atrofi muhitida joylashgan talabalar markazlari mavjud. Manhetten kampusi: Nyu-York shahrining qoq markazida joylashgan ushbu kampus dunyoning eng dinamik shaharlaridan birining keng madaniy, professional va akademik resurslariga kirishni taklif etadi. Universitetda o’qish bilan bir vaqtda talabalar part-time ishlash ham mumkin, yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlar bo’yicha talabalar o’z imkoniyatlarini sinab ko’rishligi mumkin.