Malayziyada xalqaro darajadagi ta’lim olishni istagan talabalar orasida MAHSA University tobora ommalashib bormoqda. Universitet 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Selangor hududidagi eng rivojlangan xususiy oliygohlardan biri sifatida taniladi. Kuala Lumpurga yaqin joylashgani sababli talabalar nafaqat sifatli ta’lim, balki zamonaviy shahardagi qulay hayot tarzidan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
MAHSA University ayniqsa tibbiyot va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlari bilan mashhur. Medicine, Dentistry, Pharmacy, Nursing hamda Biomedical Sciences kabi fakultetlar xalqaro talabalar orasida eng ko‘p tanlanadigan dasturlar qatoriga kiradi. Shu bilan birga Business, Information Technology va Engineering yo‘nalishlari ham zamonaviy o‘quv dasturlari asosida o‘qitiladi.
Universitetdagi barcha asosiy darslar ingliz tilida olib boriladi. Bu esa talabalarni xalqaro ish bozori uchun tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi. Ta’lim jarayonida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliyotga ham katta e’tibor qaratiladi. MAHSA University o‘zining klinikasi va tibbiy loyihalariga ega bo‘lgani sababli talabalar haqiqiy amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Universitetning xalqaro reytinglardagi natijalari ham uning nufuzini ko‘rsatadi. QS Asia University Rankings 2026 reytingida universitet #=577 o‘rinni egallagan.
MAHSA University yil davomida bir necha marotaba qabul ochadi. Talabalar yanvar, may va sentyabr intake’lari orqali o‘qishni boshlashlari mumkin. Xalqaro talabalar uchun visa jarayoni odatda 4–6 hafta davom etadi. Kampus ichida zamonaviy yotoqxona mavjud bo‘lib, talabalar uchun xavfsiz va qulay yashash muhiti yaratilgan.
Universitet Foundation dasturini ham taklif qiladi. Ushbu dastur bir yil davom etadi va talabalarni bakalavr bosqichiga tayyorlaydi. Foundation’dan keyin ayrim yo‘nalishlar uchun 50 foizgacha scholarship imkoniyati ham mavjud.
Bugungi kunda MAHSA University Malayziyada xalqaro diplom olishni istagan yoshlar uchun istiqbolli tanlovlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy kampus, ingliz tilidagi ta’lim, xalqaro muhit va amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlar universitetning asosiy ustunliklaridan biridir.