Chet el universitetlariga hujjat topshirishni qachondan boshlash kerak?

Ko'rilgan: 109726

 Hozirgi vaqtga kelib chet el oliygohlarida o‘qish ancha urfga kirgan qolaversa judayam sifatli taʼlimlarni xalqaro universitetlardan olishingiz mumkin. Chet elda o‘qish uchun hujjat topshirish vaqtlarini bilish uchun chet elga chiqish yokida bahor yozni kutib o‘tirish shart emas. Maktab yoki kollej litseyning bitiruvchi kursi bo‘lsa o‘quv yilining boshidan ham topshiradigan davlatiga qarab universitet protsesslarini boshlasa bo‘ladi, agarda bitiruvchi yilingiz bo‘lsa fevral mart oyidan hujjat topshirish mumkin. Yoz oyidan esa qishki kuzgi semestrda qabul qiluvchi baʼzi davlatlarga topshirsangiz bo‘ladi. Ko‘p universitetlar kuzgi semestr uchun hujjatlarni qabul qilishni avvalgi yildan boshlaydi va may-iyun oylarigacha davom etadi. Yaʼni sizda sizda iyun oyida ham baʼzi universitetlar uchun hujjat topshirish va boshqa narsalar uchun vaqt yetarli bo‘lishi uchun imkon qadar erta tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qilamiz.

 Agar siz maktabni tamomlagan bo‘lsangiz  va bu yil chet el universitetlariga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, sizda bir yilda ikki marta hujjat topshirish imkoniyati mavjud. O‘qish bahorda boshlanadigan universitetlar uchun sentyabr oylaridan boshlab hujjat topshirishni boshlashingiz kerak. Kuzgi qabul uchun hujjat topshirish jarayoni yanvar oylaridan boshlanib, iyun oyigacha davom etadi. Hujjatlar, til sertifikatlari, va boshqa zarur materiallarni tayyorlash uchun oldinroq ertaroq harakatni boshlashni tavsiya qilamiz.

Siz hali ham qachon chet elga ketish haqida o’ylab o’tiribsizmi? Unday bo’lsa bizga murojat qiling.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!