Chet elda o‘qishni rejalashtirayotgan talabalarning ko‘pchilik savoli — IELTS 6.0 yetadimi? Ha, yetadi. Bu ball bilan 2026-yilda bir nechta davlatlarda bemalol o‘qishga kirish mumkin.
Buyuk Britaniya
Ko‘pchilik bakalavr va magistr dasturlari IELTS 6.0 bilan qabul qiladi. Ayniqsa Business, IT, Tourism, Media yo‘nalishlari. Ball biroz past bo‘lsa, Foundation yoki Pre-Sessional kurslar orqali o‘qishga kirish mumkin.
Kanada
Kollejlar ko‘pincha 5.5–6.0 qabul qiladi. Bakalavrda ham 6.0 yetarli bo‘lgan universitetlar ko‘p. Ba’zan har banddan 6.0 talab qilinadi. Ishlash va migratsiya imkoniyatlari yaxshi.
Avstraliya
Ko‘plab universitetlar 6.0 bilan qabul qiladi. IT, Business, Design yo‘nalishlarida ayniqsa oson. IELTS biroz yetmay qolsa, ELICOS (til kursi) orqali kirish mumkin.
Yangi Zelandiya
Bakalavr dasturlarining aksariyati 6.0 bilan qabul qiladi. Yashash xarajatlari nisbatan past, talabalar uchun imkoniyatlar keng.
Polsha
Eng arzon Yevropa variantlaridan biri. IT, Business, Logistics yo‘nalishlari 6.0 bilan qabul qiladi. Ba’zi universitetlar umuman IELTS talab qilmaydi — ichki imtihon yetarli.
Turkiya
Ko‘p universitetlar 6.0 bilan qabul qiladi. Engineering, Business, Humanities yo‘nalishlari eng mashhur. Yashash qulay, vizaga hujjatlar soddaroq.
Chexiya
Ingliz tilidagi IT, Finance, Business dasturlariga 6.0 yetadi. Chex tilida o‘qish esa bepul.
Malayziya
Byudjetli, xavfsiz va inglizcha ta’lim tizimi kuchli. IT, Business, Engineering dasturlari 6.0 bilan oson qabul qiladi.
Foydali maslahatlar
Yo‘nalish bo‘yicha minimal band talablarini tekshiring.
Foundation/Pathway dasturlari — 6.0 uchun eng ishonchli yo‘l.
Hujjatlarni erta topshirsangiz, chegirmalar olish imkoniyati oshadi.