Xalqaro talabalar orasida mashhur bo'lgan ushbu universitet 1996 yilda tashkil etilgan va Polshaning birinchi xususiy universitetlaridan biri hisoblanadi. Vistula universiteti Polsha Respublikasi Fan va oliy ta'lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi va Davlat akkreditatsiya qo'mitasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan. Universitet bir necha yo'nalish bo'yicha ingliz va polyak tillarida dasturlarni taklif etadi.
Vistula Universitetida tahsil olayotgan talabalar 60 dan ortiq turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan xalqaro muhitda o'qish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ladilar. Jozibali o'quv dasturidan tashqari, universitet o'z talabalariga stajirovkalar va Erasmus kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatini taklif etadi. Bundan tashqari, COOP-EDU dasturi orqali IBM, Microsoft, Aster va Oracle kabi ko'plab taniqli kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Bu hali hammasi emas! Agarda siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz-u lekin IELTS sertifikarini olishga ulgurmagan bo'lsangiz, universitet tomonidan tashkil etiladigon video intervyu orqali ham o'qishga kirish imkoniga egasiz!
Universitet bakalavr va magistraturada o'qish istagida bo'lganlar uchun quyidagi yo'nalishlarni taklif etadi:
Bakalavr:
Magistratura:
Kerakli hujjatlar:
Afzalliklari:
Yashash uchun ketadigon harajatlar Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda ancha arzon.
Ish topish masalasi deyarli yo'q. Bu yerda ko'plab katta korporatsiyalar ofislari joylashgan, jumladan Google, IBM va hokazolar.
Ta'lim sifatining yuqoriligi.
Universitet tomonidan taqdim etiladigon ko'plab dasturlarda qatnashib, chet mamlakatlarida ERASMUS dasturi orqali o'qish.
Hujjat qabul qilish muddati: 31.12.2020
VISTULA UNIVERSITETDA SAYTIDA O'QISHGA ARIZA BERISH: apply.vistula.edu.pl
Qabulning aniq sanalari, muddati, talablari va o'qish narxlari haqida mutaxassislarimizdan BEPUL maslahat olish orqali bilib olishingiz mumkin, shunchaki quyidagi oddiy shaklni to'ldiring
World.uz – xorijdagi ko'plab o'quv muassasalarining rasmiy vakili. Biz o’quv dasturlarini va muvaffaqiyatli qabul strategiyasini topishda sinovdan o’tgan texnologiyalarni ishlatamiz. Shuning uchun mijozlarimiz ma'lumot izlashga ortiqcha vaqt va kuch sarflamaydi. Biz sizning hujjatlaringiz qabuli bilan shug'ullanayotganimizda, siz chet tilini mustahkamlashingiz yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.
Universitet Polshadagi xususiy universitetlar orasida faxrli uchinchi o'rinni egallaydi. Taniqli o'qituvchilar tarkibi, samarali xalqaro hamkorlik va amaliy bilimlarga yo'naltirilgan, maxsus o'quv tizimining muvaffaqiyatli kombinatsiyasiga ega.
Kollej Civitas Polshaning poytaxti Varshavada joylashgan xususiy universitetdir. U 1997 yilda Polsha Fanlar akademiyasining beshta institutlari shafe'ligida tashkil etilgan va ushbu mashhur institutlarning o'quv va tadqiqot an'analariga tayangan
WUT biznes maktabi MBA dasturlari nufuzli reytingida etakchi o'rinni egallaydi va Evropa TOP MBA reytingida 15-o'rinni, shuningdek, MBA Eduniversal reytingida markaziy Evropada 1-o'rinni egalladi.
WWSH universiteti 2002 yilda tashkil etilgan. Universitet mavjudligining dastlabki yillaridanoq, professonal ijtimoiy tadqiqotlar tufayli talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.
Polsha-Yaponiya Axborot Texnologiyalari Akademiyasi 1994 yilda Polsha va Yaponiya hukumatlari o'rtasida kelishuv natijasida tashkil etilgan. Bu talabalar, ish beruvchilar va ommaviy axborot vositalari tomonidan yuqori baholanmoqda.