Kanadada O‘zbekistonlik talabalar hayoti.

Ko'rilgan: 304195

Kanadada yashash muhiti:
- Kanada shimoliy amerikaning yuqori qismida joylashgan, mamlakat atlantik arktika tinch okeanlari bilan o‘ralgandir. Kanada jahoning top rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi. Kanada juda sovuq mamlakat hisoblanadi. Kanada aholisining o‘rtacha maoshlari 2100-2400$, asosiy daromadlari neft va yog‘och savdosi, aholisi ingliz va fransuz tilida gaplashadi. Kanadadagi taʼlimi dunyodagi eng yaxshi taʼlimlardan biridir, mamlakatning yarim aholisi oliy maʼlumotli taʼlimga ega, majburiy taʼlim 18 yoshgacha etib belgilangan. Mamlakat oltin va neft bilan boyitilgan hisobiga aholi ancha boy yashaydi, tug‘ilish va o‘lim sifati yaxshi emasligi uchun kanagada ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Xalqaro talabalar part-time sifatida ishlab ancha daromad va mamlakatga foyda olib kirish mumkin.

Talabalar hayoti:- Kanada hukumati xalqaro talabalar uchun ishlashga huquq bergan. Sifatli jahon tan olgan universitetlarda taʼlim olib qo‘shimchasiga o‘z xarajatlaringiz uchun ishlashingiz mumkin. Kanadada asosan part-time qilib ishlashadi, siz til bilish darajangiz o‘z salohiyatlaringizdan kelib chiqib ishlashingiz mumkin. O‘zi Kanadada talabalar nima ish qilishadi va qaysi ishlar daromadli hisoblanadi? Agar sizda haydovchilik guvohnomasi bo‘lsa taxi kompaniyalarida ishlash mumkin, guvohnoma Kanada hududida 3 oygacha qo‘llaniladi, bundan tashqari oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni yetkazib berish xizmatida ishlashingiz mumkin va soatiga 16-22$ topasiz. Agarda ingliz tilida yaxshi muloqot qila olsangiz mijozlar bilan ishlash menejerlik sohasida faoliyat yuritish mumkin, bu holda sizga to‘lanadigan maosh soatiga 15-22$ ni tashkil etadi. Ingliz tilini yaxshi bilsangiz o‘qituvchi yordamchisi sifatida ham ishlashingiz mumkin bunda soatiga 15$ atrofida olasiz. Biror fanni yaxshi bilsangiz o‘qituvchi bo‘lishingiz ham mumkin va maktab kollej litseylarda faoliyat yuritish mumkin bu holda 30-35$ haq to‘lanadi soatiga. Til bilish va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lsangiz qabulxonada ishlashingiz mumkin 18-22$ maosh olasiz. Restarant va fast-food da doim ish topiladi bunda 13-16$ ish haqqi. Talabaning hayoti qanday kechadi? Oliy taʼlim tizimida o‘qisangiz universitet tomonidan yotoqxona beriladi agarda xohlasangiz ijarada turishingiz ham mumkin. Universitet tomonidan berilgan chegirma kontraktlari va ishlagan maoshingiz sizni doimiy yashashingiz uchun yetadi. Oziq-ovqatingiz uchun oyiga 300-450$ ketadi, yotoqxona yoki ijara uchun oylik va yillik etib narx belgilangan, o‘rtacha oyiga 400-600$ Kanada xalqi judayam samimiy va ochiq ko‘ngil bo‘ladi, chet eldan kelgan talabalar va muhojirlarni yaxshi kutib oladi, agarda siz fransuz tilida gaplashsangiz bu ularga judayam yoqadi. Yirik rivojlangan mamlakatda taʼlim olish ishlash sizning tajriba va malakangizni keng ko‘lamda oshiradi.
 



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!