Ta’lim va kasb imkoniyatlar eshigini ochgan mamlakat

Ko'rilgan: 2258

Janubiy Koreya – xalqaro talabalar uchun bilim va amaliyotni uyg‘unlashtiradigan mamlakat. Bu yerda talabalarga yuqori sifatli ta’lim olish bilan birga kasbiy tajriba to‘plash va qulay yashash sharoitlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

Kasbiy Imkoniyatlar

1. Soatbay ish: Talabalar kampus ichida kutubxona va laboratoriyalarda yoki restoran va do‘konlarda ishlashlari mumkin (oyiga o‘rtacha daromad $500–$1000).

2. Ishlab chiqarish tajribasi: Texnoparklar va startaplarda qatnashib, robototexnika va IT sohalarida tajriba orttirish mumkin.

3. Til o‘rgatish: Ingliz yoki boshqa tillarni biladigan talabalar til o‘rgatib, qo‘shimcha daromad olishadi.

4. Real loyihalar: O‘quv dasturlari davomida texnologiya, biznes yoki muhandislik bo‘yicha real muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan loyihalarda qatnashish imkoniyati mavjud.

Yashash Sharoitlari

Universitet yotoqxonalari: Talabalarga arzon va qulay sharoitlar taqdim etiladi (semestr uchun (6 oy) 500$-600$).

Xususiy turar joylar: Mustaqil yashashni afzal ko‘ruvchilar uchun "goshivon" bir kishilik kvartiralar (oyiga 150$–300$) mavjud.

Ikki kishilik xonalar “one-room” deb ataladi, (oyiga 250$-300$)

Maishiy xizmatlari: Universitet oshxonalarida arzon ovqatlar (bir ovqat $3–$5) va yaqin supermarketlar talabalarning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bir oyda  bir kishi uchun o’rtacha oziq-ovqat mahsulotlariga 100$-200$ sarflanadi

Janubiy Koreya talabalarga ta’lim olish, tajriba to‘plash va qulay yashash imkoniyatlarini birlashgan holda taklif etiladi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!