Bizga murojaat qiladigan abituriyentlarning aksariyati bir xil savol bilan qiziqishadi: “Men o‘qish bilan birga ishlashim ham mumkinmi?” Bu, albatta, o‘rinli savol — chunki xorijda o‘qish nafaqat ilm olish, balki mustaqil hayot boshlanishi demakdir. Ushbu savolga javob esa, asosan, tanlangan davlatning immigratsiya siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.
Davlatlar ikki toifaga bo‘linadi:
Ishlashga ruxsat beradigan davlatlar:
Bu toifadagi mamlakatlar xalqaro talabalar uchun o‘qish bilan birga qonuniy ishlash imkonini taqdim etadi. Masalan:
Bu davlatlarda o‘qish bilan birga tajriba orttirish, qo‘shimcha daromad topish va til ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati keng.
Ishlashga ruxsat bermaydigan davlatlar:
Ba’zi mamlakatlar, masalan:
talabalarga o‘qish davomida ishlashga qonuniy ruxsat bermaydi. Bu qarorlar ko‘pincha talabalar o‘qishga to‘liq e’tibor qaratishi, darslardan chalg‘imasligi va o‘qish sifatini saqlab qolish uchun qabul qilingan. Ya’ni bu siyosat talabaning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan.
Xulosa: Agar siz xorijda o‘qish bilan birga ishlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, albatta tanlamoqchi bo‘lgan davlatning siyosatini oldindan o‘rganib chiqing. Har bir mamlakatning talabalarga nisbatan o‘ziga xos qoidalari mavjud, va to‘g‘ri tanlov sizning kelajakdagi muvaffaqiyatingizga xizmat qiladi!
Agar sizni bu mavzu yanada qiziqtirsa yoki shaxsiy holatingizga mos yechim izlayotgan bo‘lsangiz —
World.uz ofisiga tashrif buyurib, barcha savollaringizga bepul konsultatsiya orqali javob olishingiz mumkin.
Bizning tajribali mutaxassislarimiz sizga kerakli barcha ma’lumotlarni aniq va to‘liq taqdim etishadi.