Liderlar ortida turgan universitetlar

Ko'rilgan: 581

Dunyo siyosiy va iqtisodiy maydonida muhim o‘zgarishlar qila oladigan, qarorlari milliardlab insonlar hayotiga ta’sir qiladigan shaxslar bor. Ular faqat rahbar emas — ular tarixni shakllantiruvchi arboblardir. Ammo bu kuchli liderlar qanday shakllangan?

Ular qayerda ta'lim olib, bugungi darajaga yetishgan? Keling, dunyoning 5 gegemon davlatlarini boshqarayotgan yetakchilarining ta'lim yo'llarini ko'rib chiqamiz

Donald Tramp – AQShning 45-prezidenti, millionlab tarafdorlari va tanqidchilari bor. U University of Pennsylvanianing nufuzli Wharton Schoolida iqtisod bo‘yicha tahsil olgan. Tramp bu yerdagi bilimni otasining qurilish biznesida amaliyot bilan birlashtirib, keyinchalik o‘z imperiyasini barpo etgan.

Vladimir Putin – Rossiyani 2000-yildan buyon boshqarib kelayotgan kuchli lider. U Sankt-Peterburg davlat universiteti yuridik fakultetini tamomlagan. Talabalik yillaridanoq KGB bilan bog‘langan va xavfsizlik sohasida faoliyat boshlagan.

Muhammad bin Salman (MBS) – Saudiya Arabistonining yosh valiahd shahzodasi. U King Saud Universityda huquqni o‘rgangan. G‘arbiy uslubdagi modernizatsiya va “Vision 2030” dasturi bilan mamlakatni tubdan o‘zgartirishga bel bog‘lagan.

Rajab Toyyib Erdog‘an – Turkiya prezidenti, xalq bilan aloqasi mustahkam bo‘lgan lider. U Marmara universitetida iqtisod va menejment yo‘nalishida tahsil olgan. Yoshligida futbolchi bo‘lishni xohlardi, ammo taqdir uni siyosat maydoniga olib keldi.

Si Szinpin – Xitoyning kuchli va uzoq muddatli strategiyalari bilan tanilgan prezidenti. U Tsinghua universitetida kimyo muhandisligini o‘qigan, keyinchalik siyosiy fanlar bo‘yicha magistrlik darajasini ham shu yerda olgan.

Har bir yetakchining yo‘li – o‘ziga xos. Ularning tahsili, shaxsiyati va qarashlari dunyo siyosatiga bevosita ta’sir qilmoqda. Siz ham o‘z yo‘lingizni topmoqchimisiz? Worlduz bilan ta’lim va muvaffaqiyat sari birinchi qadamni qo‘ying!



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!