Synergy University Dubai – Dubayda xalqaro diplom va real karyera imkoniyati

Ko'rilgan: 1329

Dubay bugun faqat sayohat shahri emas – bu bilim, biznes va global karyera markazi. Aynan shu muhitda joylashgan Synergy University Dubai talabalarga xalqaro darajadagi ta’limni real amaliyot bilan uyg‘un holda taklif etadi. Universitet Jumeirah Lake Towers hududida joylashgani sabab talaba zamonaviy megapolis hayotining markazida bo‘ladi.

Synergy’ning eng katta ustunligi – ta’limning moslashuvchan formati. Talaba O‘zbekistonda turib onlayn o‘qishni boshlab, so‘ng oxirgi semestrni Dubayga borib davom ettirishi, stajirovka o‘tashi va diplomini aynan shu yerda olishi mumkin. Bu imkoniyat ko‘pchilik yoshlar uchun haqiqiy tramplin vazifasini bajaradi.

Narxlar ham juda qulay: bakalavr bosqichi yiliga 10–12 ming dollar, magistratura 16 ming dollar atrofida. Sirtqi ta’lim esa yanada hamyonbop – bakalavr 2000$, magistr 3000$. Onlayn formatda semestriga mos ravishda 1000$ va 1500$ to‘lanadi. To‘liq to‘lov qilgan talabalar uchun 10% chegirma mavjud.

Universitetda “Career Center” faol ishlaydi: talabalar uchun oylik to‘lanadigan stajirovkalar topiladi, CV yozish va ishga kirish jarayonida yordam beriladi. Qonuniy ravishda haftasiga 15–20 soat ishlash imkoniyati ham bor — bu o‘qish davomida moliyaviy mustaqillikka erishish demak.

Dubaydagi hayot xarajatlari ham rejalashtirilgan: ovqatlanish oyiga o‘rtacha 200–250$, yotoqxona 400$ dan boshlanadi. VISA rasmiylashtiruvi, sug‘urta va depozitni o‘z ichiga olgan paket talabaning xavfsiz va qonuniy yashashini ta’minlaydi.

Qabul jarayoni murakkab emas: ingliz tilidan test va intervyu asosiy mezon hisoblanadi, IELTS majburiy emas. Eng muhimi – talabaning motivatsiyasi va rivojlanishga tayyorligi.

Agar siz xalqaro diplom, kuchli muhit va Dubayda karyera qurishni istasangiz, Synergy University Dubai – to‘g‘ri tanlov. World.uz jamoasi esa bu yo‘lda ishonchli yo‘lboshchingiz bo‘ladi.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!