Bahorda talaba bo‘ling!

Ko'rilgan: 1773

Ko‘pchilik o‘qishga kirishni faqat sentabr bilan bog‘laydi. Mandat natijalarini kutib, vaqtni boy berayotgan talabalarning bir qismi esa shunday o‘ylab xato qiladi. Aslida, dunyodagi ko‘plab universitetlarda bahorgi qabul mavjud — bu sizga yangi o‘quv yilini kutmasdan, yanvar yoki fevralda talabalik hayotini boshlash imkonini beradi.

Tasavvur qiling, boshqalar sentabrni kutayotgan paytda siz yangi shaharda, yangi do‘stlar bilan darslarni boshlaysiz. Bu nafaqat vaqtingizni tejaydi, balki kelajak rejalaringizni tezroq amalga oshirish imkonini beradi.

Bahorgi intake taklif qiluvchi mamlakatlar:

Turkiya — fevral oyidan boshlanadigan universitetlar ko‘p, til va madaniyat jihatidan yaqin.

Janubiy Koreya — mart oyida o‘qish boshlanadi, til kurslari bilan parallel o‘qish mumkin.

Malayziya — ingliz tilida o‘qish va past kontrakt narxlari.

Vengriya — Yevropaning markazida grant va arzon yashash imkoniyati.

Kanada — global tan olingan diplom va o‘qish bilan birga ishlash imkoniyati.

Afzalliklari:

Raqobat pastroq, kirish talablari yengilroq bo‘lishi mumkin.

Moslashish osonroq — talabalar soni kamligi tufayli o‘qituvchilar bilan yaqin muloqot.

Orzularingizga tezroq yetishish — bir yil kutish o‘rniga erta boshlash.

Bugun boshlang:
Yo‘nalishingizni tanlang, pasport, attestat yoki diplomingizni tayyorlang, til sertifikati oling yoki kursga yoziling. Ko‘plab universitetlar onlayn hujjat qabul qiladi, shuning uchun siz uydan chiqmasdan ham ariza topshira olasiz.

Bir yil kutish o‘rniga, nega 2026-yil bahorida yangi hayotingizni boshlamaysiz? Balki orzu qilgan shaharingiz sizni kutayotgandir.



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!