Chet elda o‘qishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun Avstriya tobora mashhurlashib bormoqda. Bu Yevropa yuragida joylashgan davlat talabalarga sifatli ta’lim, xavfsiz hayot va boy madaniy muhitni taklif qiladi.
Avstriyada o‘qishning eng katta afzalliklaridan biri — ta’limning nisbatan arzonligi. Davlat universitetlarida kontrakt pullari yiliga atigi 700–1500 yevro atrofida bo‘lib, bu boshqa G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan solishtirganda ancha arzon. Ba’zi holatlarda hatto bepul o‘qish imkoniyati ham mavjud.
Bundan tashqari, Avstriya xalqaro talabalarni iliq kutib oladi. Ko‘plab universitetlarda ingliz tilida darslar olib boriladi, talabalar uchun moslashtirilgan tayyorlov (foundation) dasturlari mavjud. Vena, Graz, Salzburg kabi shaharlarda minglab talaba ishlash, yashash va o‘qish imkoniyatiga ega.
Talabalar haftasiga 20 soat ishlash huquqiga ega bo‘lishadi. Bu nafaqat moddiy tomondan yordam beradi, balki talabaning mustaqillik, til o‘rganish va ish tajribasini oshiradi. Yana bir katta afzallik — Avstriya yashash uchun eng xavfsiz va ekologik toza davlatlardan biri hisoblanadi.
Avstriyada o‘qish — bu nafaqat diplom, balki yangi do‘stlar, madaniyatlar va imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir. World.uz jamoasi sizga hujjatlar tayyorlashdan boshlab, universitet tanlash, viza olish va joylashishga qadar har bir bosqichda yordam beradi.