Bugungi kunda talabalar universitetlarda o’qish bilan birga qo’shimcha onlayn kurslar orqali ham bilim olish imkoniyatiga ega. Onlayn ta’lim talabalarga juda ko’p imkoniyatlar taklif etadi. Jumladan, o‘qish bilan parallel bilim olish imkoniyati, ish topish imkoniyatlarini oshirish, diplom talab qilinmaydigan kasblar uchun sertifikat olish, istalgan vaqtda va joyda o‘qish erkinligi vhk.
Ko’pchilik talabalar ishonchli saytlar va qaysi kurslarni onlayn o’qishda chalkashliklarga uchrashadi. Bu muammoni quyidagi platformalar orqali yechish mumkin.
Coursera – IT, biznes, tibbiyot va data science kabi yo‘nalishlarda kurslar taqdim etadi. Bu platforma orqali sertifikat olish mumkin bo‘lib, bepul va pullik kurslar mavjud.
Udemy – Dasturlash, dizayn, marketing va boshqa sohalarga oid kurslarni o‘z ichiga oladi. Bu platformada arzon narxlarda sertifikatli kurslarni topish mumkin.
edX – MIT va Harvard kabi nufuzli universitetlarning akademik kurslarini taklif etadi. Bu platformada ham bepul, ham pullik sertifikat olish imkoniyati mavjud.
LinkedIn Learning – Soft skills, menejment va marketing sohalarida foydali kurslar taqdim etadi. Sertifikat olish imkoniyati bor va kurslar pullik hisoblanadi.
Google Digital Garage – Raqamli marketing va IT sohasida bepul sertifikatlar taqdim etuvchi platforma hisoblanadi.
Khan Academy – Matematika, fizika va iqtisodiyot kabi yo‘nalishlarda bepul kurslarni taklif qiladi, lekin sertifikat berilmaydi.
Qanday qilib eng yaxshi kursni tanlash mumkin?
Ish beruvchilar tomonidan tan olingan sertifikatlarni tanlash
O‘zingizning sohaga mos kurslarni o‘rganish
O‘zbekistonda va xorijda sertifikatlarning qanchalik e’tiborga molikligini tekshirish
Kurs reytingi va foydalanuvchilarning fikrlarini ko‘rib chiqish
Onlayn kurslardan foydalanish orqali talabalik davrida o‘z bilim va malakangizni oshirishingiz, shuningdek, yaxshi ish topish imkoniyatlarini kengaytirishingiz mumkin. O‘zingizga mos kursni tanlab, hozirdan kelajak sari qadam qo‘ying!