Xitoyda talabalar uchun grant taʼlim va qulay sharoitlar.

Ko'rilgan: 144023

- Xitoyda taʼlim:
 Xitoy Osiyoda joylashgan eng katta Davlat hozirgi vaqtda 1,5 milliard aholisi bor, Dunyo bo’yicha aholisi eng ko’p mamlakat, aholi soni kundan kunga ko’payadi. Dunyoda iqtisodiyoti eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri. Dunyo bo‘yicha taʼlim sifati ham ancha ilgarilab ketgan. Universitetlar diplomi jahon tan olgan, Bakalavr 4 yil  Magistratura 2 yil, agar xohlasangiz ingliz yoki Xitoy tilida taʼlim olsangiz bo‘ladi. Ingliz tilida taʼlim oladigan bo‘lsa talab kamida 5,5 IELTS bo‘lishi kerak. Xitoy tilidagi taʼlim uchun 100% grant ajratilgan. Siz Xitoy tilini bilmaysiz? Buni iloji bor Xitoyni o‘zi til maktablari tashkil etgan 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatda Xitoy tilini o‘rganib HSK sertifikatini olib bakalavr yoki magistraturada grant orqali taʼlim olishlari mumkin. Universitet tomonidan yotoqxonalar mavjud, talabalarga stipendiya ajratilgan bilim darajasiga qarab hammaga xar hil beriladi. Xitoydagi universitetlar xalqaro talabalar uchun eng yaxshi yo‘nalish bo‘lib kelgan. 2020 - yil Jahon universitetlarining akademik reytingida,  jahonning eng yaxshi 200 talik reytingida  Xitoyning 22 - ta universiteti bor edi. Universitetlar xususiy va davlatniki bo‘lib taʼlim tizimi mutlaqo aʼlo darajada.


- Xitoyda talabalar hayoti: Xitoy dunyo bo‘yicha rivojlangan davlatlar qatoridan joy olib kelmoqda. Iqtisod, taʼlim, savdo, turizm, ishlab chiqarish eksport import sohalarida dunyoda o‘z o‘rinlarini egallab kelmoqda. Xitoyda yotoqxona talabalar uchun bepul. Barcha sharoit va qulayliklarga ega 2-4 kishilik turar joy, ovqatlanish shaharlar bo‘yicha xar xil 30-35 ming so‘mga  katta shaharlarda 45-50 ming so‘mga  bir marta yaxshi ovqatlansa bo‘ladi. Qonunan ishlash mumkin emas talabalar uchun, lekin o‘qishni tamomlagach ishlab qolib ketish imkoni bor. Shaharda kiyimlar va buyumlar narxi arzon talabalar shaxsiy ehtiyojlari uchun savdoda qiynalmaydilar. Har juma klublar restoranlar tekin bo‘ladi yoshlar uchun. Xalqaro davlatdan kelgan talabalar bilan bilim ko‘nikma va malaka oshirish imkoni ko‘p bo‘ladi.  
 



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!