Sharqiy Yevropada ingliz tilida bakalavr o'qish uchun ajoyib imkoniyatlar mavjud. Polsha, Chexiya, Vengriya, Litva va Ruminiya kabi mamlakatlar o‘zining a’lo ta’limi, boy madaniyati va arzon yashash sharoitlari bilan xalqaro talabalarni o'ziga jalb qiladi.
Polsha ingliz tilini keng qabul qiladigan va oliy ta'lim sifatiga katta ahamiyat beradigan mamlakat sifatida tanilgan. Polshada bakalavr dasturlari uchun to'lovlar yiliga 2,000 yevrodan boshlanadi, yashash xarajatlari esa oyiga 400-700 yevro atrofida. Polsha talabalar uchun Microsoft va Google kabi kompaniyalarda ishlash imkoniyatlarini taklif etadi.
Chexiya esa 1348 yilda tashkil etilgan Karl Universiteti bilan tarixiy akademik an'analarga ega. Chexiyada ingliz tilida o'qitiladigan bakalavr dasturlari mavjud, va yashash xarajatlari oyiga 400-700 EUR. O'quv to'lovlari yiliga 3,000 EUR dan 15,000 EUR gacha o'zgaradi, lekin chex tilini bilganlar uchun bepul ta'lim imkoniyati ham mavjud.
Vengriya esa Avstriyaga o'xshash, ammo arzonroq. Vengriya universitetlari akademik sifat bo'yicha yuqori o'rinlarga ega. Bakalavr dasturlari uchun o'quv to'lovlari yiliga 3,000-4,000 EUR, yashash xarajatlari esa oyiga 500-800EUR atrofida. Budapeshtdagi hayot esa talabalar uchun juda mashhur.
Litva G‘arb va Sharq o‘rtasidagi uyg‘unlikni aks ettirgan mamlakat bo‘lib, ta’lim sohasida yetakchi o‘rinlarga ega. Litvada ingliz tilida o‘qitiladigan bakalavr dasturlari yiliga 2.500 - 5,500 EUR, yashash xarajatlari esa oyiga 400 - 700 EUR.
Ruminiya o‘zining go‘zal tabiati, arzon yashash xarajatlari va o‘qish imkoniyatlari bilan mashhur. O‘quv to‘lovlari yiliga 1000 EUR dan boshlanadi va murakkab yo‘nalishlar uchun 2,000-4000 EUR ga yetadi. Yashash xarajatlari esa 450-700 EUR atrofida.
Ushbu davlatlar o‘zining yuqori sifatli ta’limi, arzon yashash sharoitlari va boy madaniyatlari bilan talabalar uchun ajoyib tanlovlarni taklif etadi.