Bakalavr bosqichini chet elda o’qish bu katta imkoniyat. Tabiiyki, inson talabalik hayotini tasavvur qilarkan, o’zgacha ishtiyoq, orzular, hayotdan zavqlanish kabi hislar bo’ladi. Ammo, bularga erishish uchun kelgusi 3-4 yilni qanday o’tkizishni istayotganingizga mos bakalavr dasturini topish kerak. Quyida xalqaro bakalavr dasturlarini izlashda e'tibor berishingiz kerak bo‘lgan muhim maslahatlar keltirilgan.
1. Dunyo miqyosidagi eng yaxshi universitetlarni qidiring.
Ularning, xalqaro reytingini tekshirish maqsadga muvofiqdir. “Times Higher Education”, “QS World University Rankings” “Shanghai Ranking” tomonidan taqdim etilgan reytinglar siz uchun ishonchli manba bo’la oladi.
2. Kam e’tibor beriladigan Universitetlarni ham ko’zdan kechiring.
Bu Universitetlar xalqaro reytinglarda yuqori o’rinlarni egallamasada, talabalarga katta imkoniyatlar berishadi.
3. Talab yuqori bo’lgan va sizga yoqadigan sohani tanlang.
Chet elda siz istagandek zavqli hayotda yashash faqat universitet bilan cheklanmaydi. U sizning qiziqishlaringiz va bozor talablariga mos bo‘lgan sohani tanlashdir. Eng ommabop va foydali sohalar, masalan, biznes va menejment, san’at, dizayn arxitektura, tabiiy fanlar, ijtimoy fanlar, lingvistika va hokazolar misol bo’ladi.
4. Siz tanlagan davlat haqida ma’lumotlar o’rganing.
Talabalik hayotiga tanlangan mamlakatning ta’siri juda ham katta. Uning tili, iqlimi, madaniyati, narx-navo, yashash tarzini avvaldan o’rganish kerak. Ayniqsa tilni o’rganish talabalik davrini osonlashtiradi.
5. To‘lovlari arzon bo‘lgan mamlakatlardagi bakalavr dasturlarini tanlang
Ham sifatli ta’lim, ham hamyonbop narx taklif etuvchi mamlakatlar, sizni iqtidoyot haqida ko’p o’ylab asosan o’qish bilan shug’ullanishingizga yordam beradi. Masalan, Skandinaviya davlatlarida o’qish bepul yoki juda arzon, faqat yashash xarajatlari yuqori, Janubiy Koreya hamda janubiy Yevropa davlatlari ham nisbatan arzon narx taklif etadi. Germaniya, Turkiya, Polsha kabi davlatlar ham muqobil tanlov bo’lishi mumkin.