Chet elda o‘qish uchun eng arzon 5 mamlakat.

Ko'rilgan: 760

Chet elda tahsil olish – bu nafaqat bilim, balki yangi madaniyat, xalqaro do‘stlar va cheksiz imkoniyatlar olamiga sayohat demakdir. Ammo ko‘pchilik abituriyentlar uchun o‘qish va yashash xarajatlari katta to‘siqqa aylanadi. Yaxshi xabar shuki, dunyoda shunday mamlakatlar borki, ular sifatli ta’limni arzon narxlarda, ba’zida esa butunlay bepul taklif qiladi! Quyida siz uchun byudjetga mos, ayni paytda ta’lim sifati yuqori bo‘lgan 5 mamlakat ro‘yxatini taqdim etamiz:  Bu ro'yxatimizni Malayziya davlati ochib beradi. Malayziyada kontrakt yiliga atigi $1,500–$4,000. Grant, yotoqxona va ish imkoniyatlari mavjud. Arzon universitetlar topish uchun esa World.uz sizga yordam beradi. Ikkinchi o'rinda Turkiya egallagan. Davlat universitetlarida o‘qish narxi $500–$1,000. “Turkiya Burslari” orqali to‘liq grant olish mumkin. Dunyo bo‘ylab pastasi va pitsasi bilan mashhur, ta’limda esa yetakchi o‘rin egallagan Italiya – ro‘yxatimizning faxrli uchinchi pog‘onasida! Italiyada ta’lim sifatli, arzon va xalqaro talabalar uchun juda ko‘p grant dasturlari mavjud. Talabalarga haftasiga 20 soat ishlashga ruxsat berilgan bo‘lib, bu o‘z xarajatlarini qoplashga katta yordam beradi. Italiya madaniyati, iqlimi, taomlari va universitet muhitining o‘ziga xosligi bilan sizga nafaqat ta’lim, balki hayot tajribasi ham beradi. Ro'yxatimizning to'rtinchi o'rinida esa Chexiya davlati joylashgan. Chex tilida o‘qish – bepul. Ingliz tilidagi dasturlar esa €1,000–€4,000 oralig‘ida bo'ladi. 5-Hindiston – IT va tibbiyot markazi. Hindiston talabalarga ayniqsa IT, tibbiyot, muhandislik va biznes yo‘nalishlarida arzon va sifatli ta’limni taklif etadi. O‘qish to‘lovlari yiliga o‘rtacha 1,000–3,000 dollar atrofida bo'ladi. Chet elda o‘qish qimmat bo‘lishi shart emas. To‘g‘ri mamlakat tanlang, va orzular sari yo‘l oching!



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!