O’quvchilar doimo har taraflama qulaylik yaratadigan mamlakatlarda o‘qishni istashadi. Lekin, har doim ham barcha sharoitlarni o’zida jamlagan mamlakatni topish qiyin, ammo imkonsiz emas. Malayziya o‘zining qulay yashash sharoiti, top universitetlari, iqtisodiyoti, ekologiyasi va xalqaro talabalarga keng imkoniyatlar yaratishi bilan ko‘plab o‘quvchini o‘ziga jalb etmoqda. Ushbu maqolada nega aynan Malayziyada o‘qish kerakligi haqida 5 ta sababni ko‘rib chiqamiz.
Yuqori sifatli ta’lim va top universitetlar
Malayziyadagi universitetlar soni 100 ga yaqin bo‘lib, ko‘pchiligi xalqaro talabalarni qabul qiladi. Ingliz tilida o‘qitiladigan dasturlarni taklif etadigan universitetlar ham mavjud, masalan, “City University of Malaysia” va “Asia Pacific University (APU)”.
Turli xil grantlarning mavjudligi
Malayziyada o‘quvchilarga ko‘plab grant dasturlari taklif etiladi. Masalan, APU sifatli ta’limni taqdim etish bilan birga turli xil grantlar ham ajratadi, bu esa talabalarga o‘qish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
Hamyonbop narx
Malayziya – bu yashash uchun moliyaviy jihatdan qulay bo‘lgan mamlakat. Oziq-ovqat, transport, uy-joy va o‘qish xarajatlari past bo‘lib, talabalar uchun katta qulaylik yaratadi.
Xavfsiz va tinch mamlakat
Malayziya, turli madaniyatlar va dinlarni birlashtirgan mamlakat sifatida, juda xavfsiz va tinch muhitga ega. Jinoyatchilik darajasi past, va mamlakatda ommaviy xavfsizlik tizimi yaxshi rivojlangan. Talabalar va sayohatchilar uchun ham noxush vaziyatlar juda kam uchraydi.
Qulay joylashuv
Malayziya Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan bo‘lib, Singapur, Tailand va Indoneziya kabi davlatlarga yaqin. Shaharlar yaxshi infratuzilmaga ega, va talabalarga xalqaro madaniyatlar bilan tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa nafaqat sifatli ta’lim olish, balki yangi joylarni kashf qilish uchun ham qulay muhit yaratadi.