SRH Berlin amaliy fanlar universiteti (ilgari OTA Hochschule nomi bilan tanilgan) SRH Holding tarkibiga kiruvchi Berlindagi davlat tomonidan akkreditatsiya qilingan xususiy universitetdir. Universitet 2002-yilda tashkil etilgan. Bakalavr va magistratura bosqichida ingliz tilidagi akademik dasturlarni joriy etish 2006-yilda boshlangan. SRH Berlin amaliy fanlar universiteti nemis va ingliz tillarida bakalavr, magistratura va MBA dasturlarini taklif etadi. Amaliy fanlar universiteti o'zining xalqaro yo'nalishi va talabalar tarkibi hamda butun dunyo bo'ylab turl universitetlar bila hamkor bo'lgani bilan ajralib turadi. Hozirda xususiy universitetda 2200 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.
SRHda endi ma'ruzaga asoslangan o'qitish tizmi yo'q. Buning o'rniga, bizning o'qituvchilarimiz siz uchun shaxsiy o'quv murabbiylari bo'lishadi. Siz nafaqat mutaxassis bilimlarini birgalikda rivojlantirasiz, balki turli ko‘nikmalaringizni takomillashtirish ustida ham ishlaysiz. Buning uchun biz toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotga tayanamiz. Biz uchun individual maslahat, onlayn almashinuv va uzluksiz fikr-mulohazalar muhim.
Qabulning aniq sanalari, muddati, talablari va o'qish narxlari haqida mutaxassislarimizdan BEPUL maslahat olish orqali bilib olishingiz mumkin, shunchaki quyidagi oddiy shaklni to'ldiring
World.uz – xorijdagi ko'plab o'quv muassasalarining rasmiy vakili. Biz o’quv dasturlarini va muvaffaqiyatli qabul strategiyasini topishda sinovdan o’tgan texnologiyalarni ishlatamiz. Shuning uchun mijozlarimiz ma'lumot izlashga ortiqcha vaqt va kuch sarflamaydi. Biz sizning hujjatlaringiz qabuli bilan shug'ullanayotganimizda, siz chet tilini mustahkamlashingiz yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.
@@
Evropa Ittifoqida Barselona, Myunxen, Jeneva va Montryoda joylashgan 4 ta xalqaro kampus mavjud. Talabalar talabalar shaharchalari o'rtasida harakatlanish imkoniyatiga ega, ya'ni Barselonada o'qishni boshlashlari va Myunxenda tugatishlari mumkin.
Mentora Sprachschule - Vashington va Toronto, Kanadada filiallari bo'lgan zanjirli til maktabidir. Mentora Sprachschule shuningdek, butun dunyodagi oliy ta'lim muassasalaridan iborat BAU Global tarmog'iga kiritilgan.
IH Dyusseldorf - nemis, ingliz va boshqa chet tillari bo'yicha yetakchi maktab, Dyusseldorfga keling va dunyo bilan tanishing