Vistula Universiteti

Top:

VISTULA UNIVERSITETDA SAYTIDA O'QISHGA ARIZA BERISH:

apply.vistula.edu.pl


Xalqaro talabalar orasida mashhur bo'lgan ushbu universitet 1996 yilda tashkil etilgan va Polshaning birinchi xususiy universitetlaridan biri hisoblanadi. Vistula universiteti Polsha Respublikasi Fan va oliy ta'lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi va Davlat akkreditatsiya qo'mitasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan. Universitet bir necha yo'nalish bo'yicha ingliz va polyak tillarida dasturlarni taklif etadi.

Vistula Universitetida tahsil olayotgan talabalar 60 dan ortiq turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan xalqaro muhitda o'qish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'ladilar. Jozibali o'quv dasturidan tashqari, universitet o'z talabalariga stajirovkalar va Erasmus kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatini taklif etadi. Bundan tashqari, COOP-EDU dasturi orqali IBM, Microsoft, Aster va Oracle kabi ko'plab taniqli kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.

Bu hali hammasi emas! Agarda siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz-u lekin IELTS sertifikarini olishga ulgurmagan bo'lsangiz, universitet tomonidan tashkil etiladigon video intervyu orqali ham o'qishga kirish imkoniga egasiz!

Universitet bakalavr va magistraturada o'qish istagida bo'lganlar uchun quyidagi yo'nalishlarni taklif etadi:

Bakalavr:

  • Economics – 2.500 EUR (3 yil)
  • English Studies – 2.000 EUR (3 yil)
  • Finance and accounting – 2.500 (3 yil)
  • Graphics – 2.000 (3 years)
  • International Relations – 2.500 (3 yil)
  • Journalism and Communication – 2.500 (3 yil)
  • Management – 2.500 EUR (3 yil)
  • Architecture – 3.000 EUR (4 yil)
  • Computer Engineering – 2.500 EUR (3.5 yil)
  • Tourism and Recreation – 2.500 EUR (3 yil)

Magistratura:

  • Tourism and Recreation – 2.000 EUR (2 yil)
  • Computer Engineering – 2.500 EUR (1.5 yil)
  • English Studies – 2.000 EUR (2 yil)
  • Finance and Accounting – 2.500 EUR (2 yil)
  • International Relations – 2.500 EUR (2 yil)
  • Management – 2.500 EUR (2 yil)

Kerakli hujjatlar:

  • IELTS 5.0 va undan yuqori yoki ichki imtihon
  • Zagran passport
  • Diplom yoki attestat apostili
  • 3.5x4.5 oq fonda rasm (electron formatda)

Afzalliklari:

Yashash uchun ketadigon harajatlar Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda ancha arzon.

Ish topish masalasi deyarli yo'q. Bu yerda ko'plab katta korporatsiyalar ofislari joylashgan, jumladan Google, IBM va hokazolar.

Ta'lim sifatining yuqoriligi.

Universitet tomonidan taqdim etiladigon ko'plab dasturlarda qatnashib, chet mamlakatlarida ERASMUS dasturi orqali o'qish.

Hujjat qabul qilish muddati: 31.12.2020

VISTULA UNIVERSITETDA SAYTIDA O'QISHGA ARIZA BERISH: apply.vistula.edu.pl


Biz sizning Polshada Vistula Universitetida o’qishni boshlashingiz uchun qanday yordam berishimiz mumkin?

World.uz – xorijdagi ko'plab o'quv muassasalarining rasmiy vakili. Biz o’quv dasturlarini va muvaffaqiyatli qabul strategiyasini topishda sinovdan o’tgan texnologiyalarni ishlatamiz. Shuning uchun mijozlarimiz ma'lumot izlashga ortiqcha vaqt va kuch sarflamaydi. Biz sizning hujjatlaringiz qabuli bilan shug'ullanayotganimizda, siz chet tilini mustahkamlashingiz yoki imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishingiz mumkin.

  • Polshada o’qish bo’yicha bepul ma’lumot beramiz;
  • Universitet, maktab, kurslar va akademik dasturni tanlaymiz;
  • To’g’ri hujjatlar to’plamini tayyorlaymiz;
  • O’quv yurtiga ariza jo’natamiz;
  • Stipendiya/grant uchun hujjatlarni topshiramiz;
  • Talaba vizasini rasmiylashtirishda yordam beramiz;
  • O’quv yurti eshigigacha olib borib qo’yishni tashkillashtiramiz.

Bepul maslahat olish uchun quyida so’ralgan ma’lumotlarni kiriting va biz sizga ish kuni davomida murojaat qilamiz!


Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!