Avstraliyada oliy taʼlim sifati va yashash sharoitlari.

Ko'rilgan: 116806

Avstraliyada o‘qish:
- Oliy taʼlim haqida gap ketganda xalqaro talabalar uchun jahon standartlariga javob beruvchi oliygohlar mamlakatlaridan biri Avstraliya. O‘zining go‘zal tabiati, urf-odatlari, madaniy tizimi, ajoyib xalqi, sifatli taʼlimi bilan talabalarni o‘ziga jalb etuvchi mamlakat Avstraliya. Avstarliya dunyoning barcha burchagidan kelgan talabalar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib qo‘ygan jumladan sifatli taʼlim, barcha jihozlarga ega o‘quv xonalari, yotoqxonalar, ilmiy ish va tadqiqotlar uchun erkinlik, o‘qib ishlash va taʼtil vaqtlari ko‘proq ishlash imkonini beradi. Talablari 6, 6,5 IELTS. Nima uchun Avstraliyada taʼlim olish kerak? Talabalar uchun jahondagi top universitetlarda o‘qish imkoni. Misol uchun:
- university of Sydney -
 university of Melbourne
 - Australian National university
- university of Queensland
- university of New South Wales
 Universitet tomonidan talabaga yordam fondlari va scholorshiplar ajratilgan 30 % dan 50% gacha  kontraktdan chegirma. 100 % gacha grant yutib Avstraliyada o‘qish imkoniyati ham mavjud. 

 

Talabalarga ishlash imkoniyatlari:
- Avstraliyada o‘qishdan tashqari qonuniy haftasiga 20 – soat ishlash imkoni berilgan. Taʼtil vaqtlari 40 – soatgacha ruxsat berilgan. Talabaning til bilish darajasi va mahoratlaridan kelib chiqib ishlash turlari ortadi, misol uchun Universitet Xususiy maktab va bog‘chada ishlash mumkin albatta tilni yaxshi bilish kerak bu soha uchun, xizmat ko‘rsatish servislari, kafe restoran, yetkazib berib, pochta, sotuv markazlarida ishlash mumkin. O‘rtacha maosh 13-16$ yuqori maosh 17-22$ ni tashkil qiladi. Universitetda o‘qishdan tashqari ishlab o‘zingizni xarajatlaringizni qoplab ham qolmay Avstarliyada ilm va tajribalar olish imkoni bo‘ladi sizda, xalqaro talabalar bilan do‘stlashib sayohat qilish va xohishingizga qarab o‘qishni davom ettirish yoki ishlab qolish vizani cho‘zdirish imkoni ham bor. Universitetdan amaliyotga chiqqan vaqtda katta kompaniya ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnoma tuzsangiz Avstarliya va boshqa davlatlarga ishingizni ko‘chirsangiz bo‘ladi.


 



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!