2025-yilda chet elda o`qish uchun top 10 bakalavriat dasturi (2-qism)

Ko'rilgan: 210848

Chet elda ta'lim olish nafaqat bilim olish, balki yangi madaniyatlarni o'rganish va global tarmoqni kengaytirish imkonini beradi. 2025-yilda chet elda bakalavriat dasturini tanlashda eng yuqori baholangan va talabgorlik darajasi yuqori bo'lgan universitetlar va dasturlari talaygina, bundan avvalgi postda ularning askari bilan tanishdik. Quyida esa siz uchun eng yaxshi bakalavriat dasturlari haqida kengroq ma’lumot beramiz.
6. Psixologiya
Inson ongining qanday ishlashini tushunishga qiziqasizmi? Ushbu murakkab fanni tushunishni va boshqalarga hayotlarini yanada yaxshiroqo'tkazishiga yordam berishni yoki yangi mavzularni tadqiq qilishni xohlaysizmi? Unda xalqaro talabalar orasida 6-o‘rinda turgan ushbu mashhur o‘qish variantini tanlang va rivojlanayotgan ilm-fan bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting. Mashhur xalqaro ta’lim maskanlari:  Vestklif Universiteti, Sent Luis Universiteti
7. Biologiya
Tabiiy olam va uning juda ko’p sohalari mavjud. Ba'zilari kashf etilgan, ko'pchilik esa hali noma'lum, ilmiy izlanishlarga  qiziqishi bor odamlar uchun sirli fandir. Shuning uchun biologiya diplomlari xalqaro talabalar orasida mashhur bo‘lib qolmoqda.
Mashhur xalqaro ta’lim maskanlari:I.M Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat Tibbiyot Universiteti, Sidney Universiteti
8. Muhandislik va Texnologiya
Qaysi davrda yashashingizdan qat'iy nazar, muhandislik hech qachon eskirmaydi. Ilki asboblar ixtiro qilinganidan beri, muhandislikdan foydalanib, hayot sifatini oshirish va rivojlantirishga intilamiz. Shunday qilib, agar ilm-fanga qiziqsangiz va bugungi texnologik taraqqiyotning bir qismi bo‘lishni xohlasangiz, unda Muhandislik diplomini qo’lga kiritish haqida o’ylab koring.
Mashhur xalqaro ta’lim maskanlari: Sedjon Universiteti, Varshava Politexnika Universiteti
9. Tibbiyot 
Tibbiyot har doim dolzarb kaslardan biri bo’lgan. Lekin, shifokor yoki hamshira bo‘lish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Laboratoriya tadqiqotlarini olib borishingiz, kasalliklarni o‘rganishingiz yoki ularga dori vositalari orqali davolash usullarini topishga harakat qilishingiz mumkin.
Mashhur xalqaro ta’lim maskanlari: Irkutsk Davlat tibbiyot Universiteti, Lids Universiteti
10. Mexanika Muhandisligi
Mexanika muhandisligi mashinalar, transport vositalari va innovatsion yechimlarni loyihalashga qiziqqanlar uchun doimo eng yaxshi tanlovlardan biri bo‘lib qoladi. Avtomatlashtirish, robototexnika va qayta tiklanuvchi energiya sohalarining rivojlanishi bilan mexanika muhandislari bugungi kunda har qachongidan ham muhimroq.
Mashhur xalqaro ta’lim maskanlari: Riga Texnik Universiteti, Fan va texnologiyalar Universiteti



Do'stlaringiz bilan bo'lishing
Iltimos, menga qo'ng'iroq qil!